Muhammad al-Axsosiy al-Muvakkat () XVII asr misrlik astronom boʻlib, uning i va yulduzlar katalogi — („Quyosh amallari ustidagi porlovchi durdonalar“) taxminan 1650-yilda Qohirada yozilgan. Al-Axsosiy shayx, yaʼni bilimdon oqsoqol boʻlib, Qohira universitetining Bosh masjidida xizmat qilgan; u yerda uning ismidagi unvoni uning masjiddagi vaqt va soatlarni belgilashdagi lavozimini anglatgan. nisbasidagi taxallus esa uning kelib chiqishini Qohiraning janubi-gʻarbida joylashgan Fayumdagi bir qishloq bilan bogʻlaydi.
Al-Axsosiyning kitobi nusxalari gʻarb olimlari, shu jumladan astronomlar yoki fan tarixi tadqiqotchilariga 1895-yilgacha maʼlum emas edi; oʻsha yili toʻliq boʻlmagan qoʻlyozma ingliz havaskor astronimi Edward Ball Knobel tomonidan qoʻlga kiritildi. Shuning uchun al-Axsosiyning nomi XIX asrning fransuz va ingliz bibliografiyalari hamda kutubxona kataloglarida uchramaydi. Knobel oʻsha yili oʻz kashfiyotini Qirollik astronomiya jamiyati jurnalida eʼlon qilgan.
Saqlanib qolgan qoʻlyozma qirollik astronomiya jamiyatining arxiv toʻplamining bir qismi hisoblanadi (RAS Add MS 14).
Manbalar
Havolalar
Turkum:17-asr astronomlari