Haybatxon masjidi — Hindistonning Gujarot shtati Ahmadobod shahrida joylashgan masjid. Inshoot Hindistonning milliy ahamiyatga ega yodgorligi hisoblanadi.
Tarixi Masjid Jamalpur darvozasi yaqinida, Dasturxon masjidining janubi-gʻarbida joylashgan. Bino 1412-yilda Ahmadshoh I ning amirlaridan biri va amakisi Haybatxon (Mastixon nomi bilan ham tanilgan) tomonidan qurdirilgan.
Meʼmorchiligi Oʻzining koʻrkamligi bilan boshqa masjidlardan ajralib turmasa-da, Haybatxon masjidi hind–islom meʼmorchiligi uslublarini uygʻunlashtirishga qaratilgan dastlabki urinishlardan biri hisoblanadi. Binoning old devori sodda usulda qurilgan boʻlib, uchta kichik va uchli ravoq mavjud. Kichik va bezaksiz minoralar tom ustidan koʻtarilib turadi. Ichki qismning markazida nafis oʻymakorlik va rang-barang naqshlar bilan bezatilgan gumbaz joylashgan .
Galereya
Yana qarang
Hindistondagi islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Hindistondagi 15-asr masjidlari Turkum:1469-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Gujarat sultonligi masjidlari Turkum:Hindu ibodatxonasi meʼmorchiligi Turkum:Gujaratdagi milliy ahamiyatga ega yodgorliklar Turkum:Hindistondagi gumbazli masjidlar Turkum:Hindistondagi minorali masjidlar Turkum:Ahmadoboddagi masjidlar