Siddiq (; maʼnosi „rostgoʻy“, „shak-shubhasiz ishonuvchi“) – islomiy atama boʻlib, ayrim shaxslarga faxriy unvon sifatida beriladi. Ayollar uchun bu soʻz Siddiqah shaklida qoʻllaniladi.

Soʻz baʼzan islom paygʻambari Muhammad tomonidan ayrim shaxslarga berilgan unvon sifatida ham qoʻllanilgan. Masalan, bu nom 632-yildan 634-yilgacha birinchi islom xalifasi boʻlgan Abu Bakrga nisbatan qoʻllanilgan. Boshqa hollarda esa bu atama shaxsning mutlaqo ishonchli ekanini bildirish uchun ishlatiladi. Sunniylikda qoʻllanilishi

Sunniy musulmonlar „siddiq“ unvonini birinchi islom xalifasi va Muhammadning eng yaqin doʻsti Abu Bakrga nisbatan, „siddiqah“ unvonini esa Abu Bakrning qizi va paygʻambarning ayoli Oyshaga nisbatan ishlatadilar.

Tasavvufdagi atama Soʻfiylikda siddiq – paygʻambarlikdan keyin turuvchi martabadir. Bu unvon odatda paygʻambarlik da’vosini ilk bosqichidayoq tasdiqlagan (shak-shubhasiz ishongan) kishilarga beriladi. Soʻfiylarning eʼtiqodiga koʻra, quyidagi toʻrtta martaba zamon va makondan xoli boʻlgani sababli ular uchun hayot va oʻlim tushunchalari oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.

Nabiy – paygʻambar, gʻayb ilmini bevosita Allohdan oʻrgangan kishi; Siddiq – gʻayb ilmini Muhammaddan oʻrgangan kishi, Islomning ilk davridagi musulmon; Shahid – shahid, Xudoning irodasi yoʻlida jon bergan va shu tariqa boqiy hayotga erishgan inson; Solih – hayotining har bir lahzasini Xudoning irodasiga muvofiq oʻtkazgan va fano orqali „baqo“ maqomiga erishgan taqvodor kishi, shuningdek „valiy“ deb ham ataladi. Bu toʻrt martaba Qurʼonda ham zikr etilgan.

Shialikda qo‘llanilishi Ibn Dimashqiyning keltirishicha, Muhammad Alini as-Siddiq al-Akbar (eng buyuk rostgoʻy) deb atagan. Ushbu rivoyatga koʻra, Ali uchta eng sodiq kishidan biri sifatida e’tirof etiladi. Qolgan ikkitasi islomdan oldingi avliyo Habib an-Najjor hamda Firʼavn qavmidan boʻlgan, Gʻofir surasining 28–45-oyatlarida tilga olingan kishi. Siddiqah — „Siddiq“ning ayol kishilar uchun qoʻllaniladigan muqobili – shialikda Fotimaning unvonlaridan biri.

Boshqa oʻrinlarda qoʻllanilishi Ibroniy tilidagi „Saddiq“ „Tsadik“ (צדיק) soʻzi/ismi ham shunga oʻxshash ma’noni anglatadi. Volter qalamiga mansub „Zadig“ satirik qissasining nomi ham aynan ushbu soʻz oʻzagidan kelib chiqqan.

Yana qarang Robboniy Siddiqiy Qallu Tsadik

Manbalar

Turkum:Islom atamalari Turkum:Islom madaniyati Turkum:Familiyalar