Andrei Florin Rațiu (1998-yil 20-iyunda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbolchi. U La Liganing „Rayo Vallecano“ klubi va Ruminiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.
Rațiu „Villarreal“ yoshlar akademiyasida tahsil olgan, biroq asosiy jamoada debyut qilmagan. 2020—2021-yillar oraligʻida Niderlandiyaning „ADO Den Haag“ klubida ijara asosida toʻp surgan., 2021-yil „Huesca“ klubi safiga koʻchib oʻtgann. Oradan ikki yil oʻtib esa „Rayo Vallecano“ga transfer qilingan va ushbu jamoa tarkibida La Ligadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan.
Rațiu Ruminiya kattalar terma jamoasi safida 2021-yil sentyabr oyida Islandiya ustidan qozonilgan gʻalabali oʻyinda (2:0) debyut qilgan. Shuningdek, u UEFA Yevro–2024 musobaqasida mamlakat sharafini himoya qilgan.
Xalqaro faoliyati 2021-yil 2-sentyabrda Rațiu Ruminiya terma jamoasi safida debyut qildi. U 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Islandiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsni asosiy tarkibda boshlab, 68-daqiqada zaxiraga olindi. 2022-yil 26-sentyabrda u oʻsha vaqtga kelib UEFA Millatlar ligasi guruhida gʻoliblikni naqd qilib boʻlgan Bosniya va Gersegovina ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻzining ilk golini urdi.
2023-yilda Rațiu Yevro-2024 saralash bosqichida beshta oʻyinda maydonga tushdi, jumladan, Shveytsariya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan hal qiluvchi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Ruminiya saralash davomida birorta ham magʻlubiyatga uchramay, „I“ guruhi gʻolibiga aylandi. 2024-yil 7-iyun kuni Edvard Iordanesku uni final turniri uchun yakuniy tarkibga kiritdi. Rațiu barcha toʻrtta oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan; terma jamoa oʻz guruhida gʻolib chiqqan boʻlsa-da, nimchorak finalda Niderlandiyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Turnir davomidagi tezligi va koʻk rangga boʻyalgan sochlari tufayli unga yapon personaji — tipratikan Sonikdan ilhomlanib, „Sonik“ laqabini berishdi.
Yutuqlari Rayo Vallecano
UEFA Konferensiyalar ligasi finalchisi: 2025–26 Shaxsiy
Gazeta Sporturilor talqini boʻyicha Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2025 La Liga mavsumning ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2024–25 UEFA Konferensiyalar ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2025–26
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Villarreal CF C futbolchilari Turkum:Villarreal CF B futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:SD Huesca futbolchilari Turkum:Rayo Vallecano futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:ADO Den Haag futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Ruminiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi ruminiyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi ruminiyalik muhojir sportchilar Turkum:Ruminiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ruminiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ruminiya olimpiya milliy futbol terma jamoasi futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari