Xoʻja Xizr maqbarasi (Xoʻja Gʻarib Navoz maqbarasi) — Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahrining Jatvara hududida joylashgan maqbara. Loʻdiylar sulolasining uchinchi va soʻnggi vakili, sultonIbrohim Loʻdiy tomonidan 1522–1524-yillarda amir Daryo Xonning oʻgʻli musulmon avliyo Xoʻja Xizr xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan.
Taxminan 500 yillik tarixga ega ushbu maqbara Loʻdiylar sulolasi davrida Ibrohim Loʻdiy tomonidan barpo etilgan soʻnggi inshoot hisoblanadi. Maqbara qizil qumtosh, lakhauri gʻishtlari va kankar ohaktosh boʻlaklaridan qurilgan.
Maqbaradan topilgan fors tilidagi bitikka koʻra, Xoʻja Xizr Ibrohim Loʻdiy saroyidagi nufuzli amirlardan biri Daryo Xon Sharvoniyning oʻgʻli boʻlgan.
Manbalar
Turkum:1524-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Hindistonda islom meʼmorchiligi Turkum:Lodiylar sulolasi meʼmorchiligi Turkum:Haryanadagi maqbaralar