Rostam Gorganiy XVI asr oʻrtalarida yashagan fors tabibi. U umrining asosiy qismini Hindistonda yashab oʻtkazgan.
Rostam Gorganiy Dekan sultonliklari hukmdorlaridan ikkitasining — Malik Ahmad Shoh I (1490–1510) va Burhon Shoh I (1510–1553)ning saroy tabibi boʻlgan, ular Dekan platosidagi Ahmadnagar shahrida hukmronlik qilganlar. Uning ismidagi nisbasi Rostamning aslida Goliston viloyatidagi Gorgandan ekanini koʻrsatadi.
Rostam Gorganiy bir necha tibbiy risolalarini fors tilida yozgan. Ulardan eng kattasi Zaxirai-Nizomshohiy (Nizomshoh uchun zahiralar) boʻlib, bu uning sulton Nizomshohning iltimosiga koʻra tuzgan va uning nomi bilan atagan, moddalar medikasi boʻyicha yozilgan ensiklopediyadir. Undan faqat ikki qoʻlyozma nusxa saqlanib qolgan: biri Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida, ikkinchisi esa Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Milliy tibbiyot kutubxonasida saqlanadi.
Adabiyotlar C. A. Storey, Persian Literature: A Bio-Bibliographical Survey. Volume II, Part 2: E.Medicine (London: Royal Asiatic Society, 1971), p. 244 Fateme Keshavarz, A Descriptive and Analytical Catalogue of Persian Manuscripts in the Library of the Wellcome Institute for the History of Medicine (London: Wellcome Institute for the History of Medicine, 1986), pp 274–6 no 130.
Turkum:Fors tabiblari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar