Devoriy kvadrant – devorga oʻrnatilgan yoki devor ichiga qurilgan burchak oʻlchash moslamasi. Astronomik maqsadlar uchun bu devorlar aniq meridian boʻylab joylashtirilgan. 0 dan 90 darajagacha boʻlgan burchaklarni oʻlchaydigan devoriy asbob devoriy kvadrant deb atalgan. Ulardan Qadimgi Misr va Qadimgi Yunonistonda astronomik uskunalar sifatida foydalanilgan. Galley Edmund yordamchisi boʻlmagani hamdapassaj asbobida faqatgina bitta vertikal sim boʻlgani sababli George Graham tomonidan yasalgan devoriy kvadrantdan foydalangan. Ushbu kvadran 1725-yilda Grinvichdagi Qirollik rasadxonasida oʻrnatilgan. James Bradley 1742-yil 15-iyunda ushbu kvadrant yordamida oʻzining ilk kuzatuvini oʻtkazganRobert Grant, History of Physical Astronomy from The Earliest Ages to the Nineteenth Century (1852) pp. 483-484..

Devoriy kvadrant XVIII asr (yaʼni 1700-yillar) rasadxonalarining „eng muhim va asosiy asbobi“ deb atalgan. Oʻsha davrda u pozitsion astronomiya sohasida alohida mavqega ega boʻlgan/

Qurilishi

Birmuncha qadimiy devoriy kvadrantlar bevosita devor yuzasiga chizish va belgilash orqali qurilgan. Keyinchalik esa oʻta aniqlik bilan tayyorlangan va devorga qoʻzgʻalmas qilib biriktirilgan karkas (ramka) bilan ishlangan.

Asbob yoyi deyarli har doim darajalar va daraja ulushlariga boʻlingan taqsimotlar bilan belgilangan. Eng qadimiy asboblarda koʻrsatkich (vizir) yoy markaziga joylashtirilgan. Kuzatuvchi harakatlanuvchi moslamaning koʻrsatkichi va yoy markazidagi koʻrsatkich orqali yoʻnaltirilgan koʻrish chizigʻi osmon jismi bilan bir chiziqqa kelguncha ikkinchi koʻrsatkichli moslamani yoy boʻylab surgan. Shundan soʻng burchak hisoblab olingan va bu orqali osmon jismining balandligi (altituda) aniqlangan. Kichikroq asboblarda alidada qoʻllanishi mumkin boʻlgan. Birmuncha zamonaviy devoriy asboblarda esa osmon jismini kuzatish uchun toʻrsimon setkali teleskopdan foydalanilgan.

Koʻplab devoriy kvadrantlar kuzatuvchiga balandlikni 90° oraligʻida oʻlchash imkoniyatini beradigan qilib yasalgan. Shuningdek, 60° li koʻrsatkichga ega devoriy sekstantlar ham boʻlgan.

XVII asr devoriy kvadrantlari qimmatbaholigi bilan ajralib turgan. Masalan, Flamsteedning 1689-yilgi kvadranti 120 funt sterlingga (2025-yilgi qiymatda 26 377 funtga teng), Galley Edmundning 1725-yilgi kvadranti esa 200 funtdan ortiqqa (2025-yilgi qiymatda 35 630 funtga teng) tushgan. Yirik qoʻzgʻalmas kvadrantlar odatiy koʻchma kvadrantlarga qaraganda ancha qimmat boʻlgan; masalan, Birdning 2 futli (60 sm li) koʻchma kvadranti 70 gineya yoki 73,50 funt sterling turgan (2025-yilgi qiymatda 13 094 funtga teng).

Qoʻllanishi Masalan, yulduzning oʻrnini (koordinatasini) oʻlchash uchun kuzatuvchiga devoriy asbobdan tashqari yulduz vaqti ham kerak boʻladi. Soat vaqtni oʻlchab turganda, kuzatilayotgan yulduz uning meridian orqali oʻtayotganini koʻrsatuvchi koʻrsatkichdan oʻtgunga qadar asbob yordamida kuzatiladi. Aynan shu lahzada soatdagi vaqt hamda yulduzning burchak balandligi qayd etiladi. Bu esa obyekning asbob koordinatalar tizimidagi oʻrnini beradi.

Agar asbob yoyi osmon ekvatoriga nisbatan belgilangan boʻlmasa, u holda olingan balandlik koʻrsatkichiga tegishli tuzatish kiritiladi va natijada yulduzning ogʻishi hosil boʻladi. Agar yulduz vaqti yulduzlar harakati bilan aniq sinxronlashtirilgan boʻlsa, qayd etilgan vaqt toʻgʻridan-toʻgʻri yulduzning toʻgʻri chiqish koordinatasini beradiSidereal Time.

Mashhur devoriy kvadrantlar

Abu Mahmud Xoʻjandiy devoriy sekstanti. 994-yilda Eronning Ray shahrida Abu-Mahmud Xoʻjandiy tomonidan qurilgan.

Ulugʻbekning „Faxriy sekstant“i. XV asrda Oʻzbekistonning Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurdirilgan boʻlib, radiusi 40 metrni tashkil qilgan. Oʻng tomondagi tasvirda koʻrinib turganidek, asbob yoyi oʻta aniqlik bilan ishlangan hamda oʻlchov ishlarini olib boruvchi yordamchilar harakatlanishi uchun yoyning ikki tomonida zinalar barpo etilganUlugh Beg, Dictionary of Scientific Biography..

Brage Tixo devoriy kvadranti. Hven orolidagi (hozirgi Shvetsiyaga qarashli Ven oroli) Uraniborg rasadxonasida oʻrnatilgan.

Qirollik rasadxonasi devoriy kvadranti. Greenwich, Sharqiy London.

Ptolomey devoriy kvadranti. Iskandariya shahrida qurilgan. Ushbu asbob manbalarda „plint“ deb ham yuritiladiHoyle, Fred, Astronomy, A history of man's investigation of the universe, Crescent Books, Inc., London 1962, p 37..

Devoriy kvadrant (yulduzlar turkumi). Endilikda eskirgan va rasmiy roʻyxatdan chiqarilgan ushbu „Quadrans Muralis“ yulduzlar turkumi aynan devoriy kvadrant sharafiga nomlangan.

Mannheim rasadxonasi devoriy kvadranti. Germaniyada joylashgan boʻlib, John Bird tomonidan yasalgan navbatdagi mashhur asboblardan biriMannheimer Observatory quadrant.

Havolalar

Manbalar

Turkum:Astronomiya asboblari Turkum:Oʻrta asrlar islom olamida astronomiya