Bexud Dehlaviy (1863-yil 21-mart — 1955-yil 2-oktabr), asl ismi Sayyid Vahiduddin Ahmad, urdu tilida ijod qilgan shoir boʻlib, Sayyid Shamsuddin „Salim“ning oʻgʻli edi. Bexud hozirgi kunda Rajaston shtatiga kiradigan Bharatpur shahrida tugʻilgan. Uni Dehliga Altaf Husayn Holiy olib kelgan. Bexud 1891-yilda Daag‘ Dehlaviyga shogird tushgan, shundan soʻng u tez orada shuhrat qozongan. Uning urducha gʻazallar toʻplami — Guftor-i Bexud va Shahsavvor-i Bexud asarlari hayoti davomida nashr qilingan.

Bexud Dehlaviy 1955-yil 2-oktabrda Dehlida 92 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1863-yilda tugʻilganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:Hind shoirlari