Xolidiya xonaqohi masjidi va takyasi (), shuningdek, Mzgavti Xonaqo () nomi bilan ham tanilgan diniy majmua. Iroqning Kurdiston mintaqasi tarkibidagi Arbil viloyatining Arbil shahrining UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan qal’asi yaqinida joylashgan. Soʻfiylar masjidi, takya, kutubxona va bozorni oʻz ichiga oladi. Majmua 1805-yilda qurib bitkazilgan va 1961-yilda taʼmirlangan.
Tarixi Masjid va unga tutash soʻfiylar xonaqohi 1805-yilda kurd musulmon olimi Mulla Hidoyatulloh al-Arbiliy tomonidan naqshbandiya tariqati darveshi Mavlono Xolid an-Naqshbandiyning buyrugʻi bilan bunyod etilganGuide to Heritage and Archaeological Mosques by the Diwan al-Waqf al-Suniyi . Arbildagi mahalliy naqshbandiya darveshlari ushbu diniy majmuani boshqarib kelgan. Ular orasida 1961-yilda majmuani toʻliq qayta qurish va taʼmirlash ishlariga rahbarlik qilgan Shayx Muhammad Solih ham boʻlgan. Masjid atrofida bozor shakllangan, uning qarshisida esa Shar bogʻi barpo etilgan. Masjid yaqinidagi qal’a 2014-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Kurdistonda Ayyubiylar hukmronligi davridayoq kamida 800 yillik tarixga ega boʻlgan masjid atrofidagi mahalla xonaqohning shu hududda joylashgani bilan mashhur boʻlgan va Xonaqoh mahallasi nomi bilan tanilgan.
Meʼmorchiligi Diniy majmua 1218 m2 maydonni egallagan. Gʻishtdan qurilgan masjid bir vaqtning oʻzida taxminan 500 nafar kishini sigʻdira oladi. Masjid minorasining balandligi boʻlib, ikki ayvonchaga ega. Namozxonaning ustki qismi katta gumbaz bilan qoplangan. Kutubxonada qadimiy qoʻlyozmalar, diniy kitoblar, arab, turk hamda fors tillaridagi boshqa materiallar saqlanadi. Namozxonadan tashqari imom, muazzin va masjid xizmatchilari uchun ham turar joy xonalari ham mavjud.
Galereya
Yana qarang
Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Iroqdagi 19-asr masjidlari Turkum:Iroqdagi kutubxonalar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:1800-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1805-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar