Stevan Jovetić (; 1989-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida toʻp tepadi. Kipr Birinchi divizionining „AEL Limasol“ klubi oʻyinchisi hamda Chernogoriya milliy terma jamoasi sardori.
Jovetićning asosiy pozitsiyasi ikkinchi hujumchi boʻlsa-da, u hujumkor yarimhimoyachi yoki qanot hujumchisi sifatida ham toʻp sura oladi. U oʻzining driblingi, texnik mahorati va kreativligi bilan tanilgan boʻlib, oʻyin uslubi jihatidan Roberto Baggioga qiyoslanadi.
Jovetić oʻz faoliyatini „Partizan“ klubida boshlagan, 2008-yilda Serbiya Superligasi va Serbiya kubogida gʻalaba qozonib, „oltin dubl“ qayd etgan. 2008-yil may oyida 10,8 million yevro evaziga „Fiorentina“ jamoasi safiga qoʻshilgan. Italiya klubidagi besh mavsum davomida u 134 ta oʻyinda 40 ta gol urgan. 2013-yil yoz oyida „Manchester City“ jamoasiga taxminan 26,7 million yevro evaziga transfer qilingan. Angliyadagi ilk mavsumidayoq u Liga kubogi va Premyer-ligada gʻolib chiqqan. Keyinchalik, 2015-yilda „Inter Milan“ klubiga ijara asosida oʻynash uchun Italiyaga qaytgan hamda 2017-yilda Ispaniyaning „Sevilla“ klubida ijara asosida toʻp surgan-. 2017-yilgu mavsum oxirida esa Liga 1 vakili „Monaco“ safiga borib qoʻshilgan.
Jovetić Chernogoriya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, bungacha mamlakatning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 2007-yilda, Chernogoriyaning mustaqil davlat sifatidagi ilk xalqaro futbol uchrashuvida oʻtkazgan. U 37 ta gol bilan Chernogoriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
Jovetić „Katta beshlik“ning barcha ligalarida kamida bittadan gol urgan ikkinchi futbolchi sifatida eʼtirof etilgan. U Yevropaning kuchli beshta ligasining barchasida toʻp surgan toʻrtta professional futbolchidan biridir (Florin Răducioiu, Christian Poulsen va Justin Kluivert bilan birga). Shuningdek, Jovetić halol oʻyini bilan ham tanilgan boʻlib, faoliyati davomida hech qachon toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olmagan.
Shaxsiy hayoti U 13 yoshida tugʻilib oʻsgan shahri Podgoritsadan Belgradga koʻchib oʻtib, „Partizan“ klubining yoshlar jamoasida toʻp surgan. U Belgradda toʻrt yarim yil yashagan. 2008-yil may oyida „Fiorentina“ bilan shartnoma imzolagan. 5 yil davomida Florensiyada istiqomat qilgan va 2013-yilda „Manchester City“ klubi safiga oʻtgan.
Chernogoriyada unga „Joveta“ deb laqab qoʻyishgan. „Fiorentina“ muxlislari esa unga „Jo-Jo“ deb laqab berishgan. Jovetićning kumirlari — „Roma“ klubining sobiq hujumchisi hamda Chernogoriya terma jamoasidagi yurtdoshi Mirko Vučinić (Jovetić 17 yoshida Chernogoriya U-21 terma jamoasi sardorlik bogʻichini aynan undan qabul qilib olgan) va bolaligida havas qilib taqlid qilgan Andriy Shevchenkolar hisoblanadi10 things you need to know about Fiorentina hotshot Stevan Jovetic . Mirrorfootball.co.uk (2 November 1989). Retrieved 8 January 2012..
U geymer boʻlib, koʻpincha doʻsti va sobiq jamoadoshi Matija Nastasić bilan PlayStation oʻynaydi. Chap qoʻliga butunlay tatuirovka chizdirgan („full-sleeve“). Umrida hech qachon spirtli ichimlik ichmagan. Sevimli jamoasi — „Partizan“ FK. Jovetić pravoslav xristian diniga eʼtiqod qiladi.
Yutuqlari
Partizan
Serbiya Superligasi: 2007–08 Serbiya kubogi: 2007–08 Manchester City
Premyer-liga: 2013–14 Angliya liga kubogi: 2013–14
Olympiacos
UEFA Konferensiyalar ligasi: 2023–24
Omonia
Kipr birinchi divizioni: 2025–26 Shaxsiy
Chernogoriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2015
Manbalar
Havolalar
Stevan Jovetić Hertha BSC saytida Stevan Jovetić Rasmiy vebsayti
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:FK Partizan futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Hertha BSC futbolchilari Turkum:Olympiacos F.C. futbolchilari Turkum:AC Omonia futbolchilari Turkum:AEL Limassol futbolchilari Turkum:Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Kiprdagi chernogoriyalik muhojir sportchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Chernogoriya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Chernogoriya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari