Alex Jay Scott (2003-yil 21-avgustda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasi ishtirokchisi „Bournemouth“ klubi va Angliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Scott oʻz faoliyatini Guernsey jamoasida boshlagan, keyin esa 2020-yil yanvar oyida Bristol City jamoasiga qoʻshilgan. Bristol Cityda oʻynagan davrida u 2022–23-yilgi mavsumda EFL chempionatining eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotiga sazovor boʻlgan va EFL chempionatining mavsumdagi eng yaxshi ramziy jamoasiga kiritilgan. 2023-yil avgust oyida taxminan 25 million funt sterling evaziga „Bournemouth“ bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Scott Angliya yoshlar terma jamoalari (18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha) safida jami 33 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Alex Angliyaning 18 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga birinchi chaqiruvini 2021-yil mart oyida olgan. 2021-yil 29-martda Scott Angliyaning Uelsga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazgan.

2021-yil 2-sentabrda Scott Angliya U-19 terma jamoasi safida debyutini St Georgeʼs Parkda Italiya jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2022-yil 17-iyunda u Angliya U-19 terma jamoasi tarkibiga 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati uchun kiritildi. U Italiyaga qarshi yarim finalda zaxiradan maydonga tushdi va oʻyinning birinchi teginishi bilan hisobni tenglashtirdi. Scott finalda maydonga tushdi, Angliya 2022-yil 1-iyulda Isroil ustidan qoʻshimcha vaqtda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, turnir gʻolibi boʻldi.

2022-yil 21-sentabrda Scott Angliya U-20 terma jamoasidagi debyutini Pinatar Arenada Chili jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2023-yil 10-mayda u Angliya U-20 terma jamoasining 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilgan va turnirdagi toʻrtta oʻyindan uchtasida, jumladan, Italiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2024-yil 22-martda Scott Angliya U-21 terma jamoasida debyutini oʻtkazgan va Ozarbayjonga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan. 2025-yil 6-iyunda u Angliya U-21 terma jamoasining 2025-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun tarkibiga kiritilgan va turnirdagi oltita oʻyinning beshtasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Scott finalda maydonga tushgan. Angliya 2025-yil 28-iyunda Germaniya ustidan gʻalaba qozonib, turnir gʻolibi boʻlgan.

2025-yil 7-noyabrda Scott murabbiy Thomas Tuchel tomonidan birinchi marta Angliya terma jamoasining Serbiya va Albaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinlari uchun asosiy tarkibiga chaqirilgan, ammo u maydonga tushmagan.

2026-yil 23-mayda Scott 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati oldidan jamoaning tayyorgarlik yigʻiniga qoʻshiladigan beshta oʻyinchidan biri (Jason Steele, Ethan Nwaneri, Josh King va Rio Ngumoha bilan birga) ekanligi eʼlon qilingan.

Alex oʻzining kattalar terma jamoasidagi debyutini 2026-yil 29-sentabrda Fortuna Arenada Chexiya ustidan qozonilgan UEFA Millatlar Ligasi turniri doirasidagi oʻyinda oʻtkazgan.

Shaxsiy hayot Scott Angliya ayollar terma jamoasi himoyachisi Maya Le Tissierning oʻgay ukasi. Ular ikkalasi ham oʻsmirlik chogʻlarida Gernsi shtatining Sent-Martin shahrida birga mashgʻulot oʻtkazishgan va birga oʻynashgan va yaqin doʻst boʻlib qolishgan Scott 2024-yilda Kanal orollari sportining eng yaxshi sportichisi deb topilgan.

Yutuqlari Angliya U19

UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2022 Angliya U21

UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2025 Shaxsiy

EFL chempionatining mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2022–23 EFL chempionatining mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2022–23 EFL oyining eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2023-yil fevral Rising Star mukofoti CI Sport mukofotlari: 2022 Bristol Sitining yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2022–23

Manbalar

Havolalar Alex Scott AFC Bournemouth saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Guernseylik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Guernsey F.C. futbolchilari Turkum:Bristol City F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari