Tracy Lee Barrell (1974-yilda tugʻilgan) — uchta aʼzosi amputatsiya qilingan avstraliyalik paralimpiya suzuvchsi. U 1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan. Barrell imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarining faol himoyachisi hamda avstraliyalik tub joy aholisi vakilasi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti

Barrell 1974-yilda Yangi Janubiy Uels shtatida tugʻilgan. U tugʻilishidanoq ikkala oyogʻidan va bir qoʻlidan mahrum boʻlgan. Barrellning taʼkidlashicha, shifokorlar uning nogironligini onasi Terri homiladorlik paytida qabul qilgan thalidomide taʼsiri natijasida kelib chiqqan tugʻma nuqson deb tushuntirishgan. Barrell bolaligida skeytbordda oʻtirgan va harakatlanish uchun yagona qoʻlidan foydalangan. U protez oyoqlardan foydalanmaslikka qaror qilgan. Barrell Sidney shahridagi Sutherlands Sent-Patrik kollejida tahsil olgan.

U 1995-yil fevral oyida Steve ismli shaxsga turmushga chiqqan va 3 yildan soʻng ajrashgan. Uning yangi turmush oʻrtogʻi Brad bilan ikki oʻgʻli bor — Bryce va Oscar. Keyinchalik u turmush oʻrtogʻidan ajralib, farzandlarini yolgʻiz ona sifatida tarbiyalagan.

Manbalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstraliya sportchilari