Pharan (bugungi kunda Firan, ) — Misrning Janubiy Sinay muhafazasidagi qishloq. U dengiz sohilidan taxminan 40 km va qadimgi Raithu oʻrnida joylashgan zamonaviy Al-Tur shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan.

Tarixi Qadimgi anʼanalarga koʻra, Muqaddas Kitobdagi Rifidim bilan tenglashtirilgan Pharan shahri Isroilliklar va ularning oʻtishiga toʻsqinlik qilgan Amaliqliklar oʻrtasidagi jang joyi boʻlgan. Ushbu jang Chiqish kitobining 17-bobi, 10–15-oyatlarida eslab oʻtiladi. Hududdan topilgan tangalarga qaraganda, aholi punktining tarixi miloddan avvalgi I asrga borib taqaladi.

VI asr oʻrtalarida shahar aholisi xristianlikni qabul qildi va shu asrning oxirida yepiskoplik markaziga aylantirildi. Milodiy 639-yilda musulmonlar Sinay yarimorolini egallaganidan keyin ikki yoki uch avlod oʻtgach, Pharan aholisi shaharni tark etgan va koʻchmanchi turmush tarziga oʻtgan. 1933-yilda Rim-katolik cherkovi tomonidan Pharan titulyar yepiskopligi tashkil etildi.

Manbalar

Turkum:Misr qishloqlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Janubiy Sinay muhofazasi Turkum:Sinay yarim oroli