Misr va ommaviy qirgʻin qurollari — Misr Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma (TTSh) aʼzosi hisoblanadi (1981-yildan buyon), biroq Kimyoviy qurolni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyani imzolamagan; Biologik qurolni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyani esa imzolagan boʻlsada, ratifikatsiya qilmagan. Hukumatning rasman bildirishicha, bu holat Isroilning TTShga qoʻshilmaganining toʻgʻridan-toʻgʻri oqibatidirObzor po Yegiptu .

Misrda ommaviy qirgʻin qurollarining mavjudligi masalasi soʻnggi oʻn yilliklar davomida davom etib kelayotgan va vaqti-vaqti bilan keskinlashib turadigan Yaqin Sharq nizosi nuqtai nazaridan ayniqsa dolzarbdir. Hozirgi vaqtda Misr yadroviy va biologik qurolga ega emas. Qolaversa, amaldagi rahbariyat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud barpo etish tarafdori sifatida chiqish qilmoqda. Shuning bilan birga, Misrda ularni yetkazib berishning raketaviy vositalari mavjud, shuningdek, unda kimyoviy qurol borligi haqida gumonlar saqlanib qolmoqda.

Kimyoviy qurollar Misr Kimyoviy qurolni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilmagan kam sonli davlatlardan biri boʻlib qolmoqda. Bir qator politologlar buni Isroilning yadroviy quroli boʻyicha masala hal etilmagani bilan bogʻlashadi, garchi uning mavjudligini rasmiy manbalar tasdiqlamasada. Mamlakat rahbariyati kimyoviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotib olish faktlarini rad etadi. 1963–1967-yillardagi Yamandagi fuqarolar urushi davomida Misr qoʻshinlari uni qoʻllagani haqida rad etib boʻlmas dalillar mavjud. Bundan tashqari, Misr Suriya va Iroqning kimyoviy qurol yaratish boʻyicha dasturlarini rivojlantirishga koʻmaklashgan degan gumonlar bor.

Katta ehtimol bilan, kimyoviy qurol zaxiralari Misrga 1954-yilda mamlakat okkupatsiyasi yakunlangach, ularni tashlab ketgan Britaniya qoʻshinlaridan qolgan. Keyinchalik mamlakat oʻz kimyoviy qurollarini, jumladan, Sobiq Ittifoq va AQSH koʻmagida rivojlantirgani taxmin qilinadi. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, mamlakat VX, iprit, tabun va zarin zaxiralariga ega.

Biologik qurollar Misr 1972-yildagi Biologik va toksik qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyani imzolagan, biroq ratifikatsiya qilmagan. Mamlakat amaliy mikrobiologiya sohasida kuchli bazaga ega, ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, Misrda biologik qurol yaratish dasturi mavjudligi haqida gapirish mushkul. Misr oʻziga bildirilgan barcha ayblovlarni rad etadi hamda unda biologik qurolning oʻzi mavjud emasligini maʼlum qiladi.

Manbalar

Turkum:Misr Turkum:Ommaviy qirgʻin qurollari