Yahyo Abulqosim maqbarasi () — Iroqning Mosul shahrida joylashgan tarixiy ziyoratgoh va masjid. 2014-yilda portlovchi qurilma orqali vayron qilingan boʻlib, bu ish Iroq va Shom Islom Davlati jangchilari tomonidan amalga oshirilgan deb daʼvo qilinadiمسلحون يفجرن مرقد الإمام يحيى ابو القاسم غربي الموصل. Al Sumaria TV. Retrieved January 5, 2018.„داعش“ يفجر مرقد الامام يحيى ابو القاسم غربي الموصل . Al Masalah. Retrieved January 5, 2018..

Tarixi Maqbara Dajla daryosi boʻyidagi ash-Shifo mahallasida, Bashtabiya qalʼasi yaqinida joylashgan edi. Bino 1239-yilda Zangiylar hukmdori Badriddin Lulu hukmronligi davrida bunyod etilgan. Ziyoratgoh birinchi shia imomi va toʻrtinchi Roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolibning avlodi Yahyo Abulqosimning qabri tepasida qurilgan.

2001-yilda ushbu maqbara yonida yangi masjid qurilgan va hudud maydoni taxminan 1000 m2ga yetganدليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية — ديوان الوقف السني. p.140..

Qurilish ishlari Inshootning meʼmoriy yechimi, jumladan, ustunlar, mehrob va konussimon gumbazi Saljuqiylar meʼmorchiligi asosida ishlangan. Asosiy bino sakkiz qirrali baraban ustiga oʻrnatilgan piramidasimon tom bilan qoplangan kub shaklidagi inshootdan iborat boʻlib, piramidasimon tomning ichki qismida muqarnas bezaklari mavjud boʻlgan. Binoning shimoliy tomonida maqbaraga olib kiruvchi eshik joylashgan. Bino qibla, yaʼni Makka tomon yoʻnaltirilmagan, qabrning janubi-gʻarbiy burchagida mehrob joylashgan. Binoning kirish eshigi ikki yonidagi tokchalar feruza rangli gʻishtlardan terilgan boʻlib, ularda oʻzaro tutashuvchi yulduz va sakkizburchak naqshlari hosil qilingan. Tokchalarning yuqori qismidagi ravoq ostida kufiy yozuvidagi bitiklar bor. Binoning gʻarbiy va janubiy fasadlarida ham shunday tokchalar mavjud boʻlib, ular derazaning ikki tomoniga joylashtirilgan.

Maqbaraning sharqiy fasadi ikkita yirik tirgak bilan mustahkamlangan. Ushbu tirgaklar eroziya natijasida inshootning Dajla daryosiga qulab tushishining oldini olish maqsadida qurilgan.

Vayron qilinishi 2014-yilda Mosuldagi barcha tarixiy maqbaralar va ziyoratgohlarni buzib tashlash kampaniyasi doirasida masjid va maqbaraning butunlay vayron qilinishiga Iroq va Shom Islom Davlati jangarilari tomonidan oʻrnatilgani aytilgan portlovchi qurilma sabab boʻlgan.

Yana qarang

Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati Mosuldagi islomiy inshootlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Saljuqiylar masjidlari Turkum:Mosuldagi masjidlar Turkum:Iroqdagi sobiq masjidlar