Atlas kapalagi yoki Attakus atlas — Osiyo oʻrmonlarida yashovchi Saturniyadoshlar oilasiga mansub eng yirik tungi kapalak. Bu turni birinchi marta Karl Linney 1758-yilda oʻzining „Systema Naturae“ asarining 10-nashrida tasvirlab bergan.

Yashash joyi Bu kapalak asosan Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik va subtropik oʻrmonlarida yashaydi. Uni Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Malayziya va Tailand kabi mamlakatlarda uchratish mumkin.

Tavsif Atlas kapalagi sayyoramizdagi eng katta kapalak hisoblanadiRobert G. Foottit & Peter H. Adler. 2009. Insect Biodiversity: Science and Society. Blackwell Publishing Ltd. . Qanot yozgandagi kengligi 25-30 sm ga yetadi. Qanotlarining rangi toʻq jigarrang, qizgʻish, sariq va oq naqshlar bilan qoplangan boʻlib, xaritani (atlasni) eslatadi. Eng qiziq jihati, kapalak qanotlarining yuqori chetlari xuddi ilon boshiga oʻxshaydi. Bu dushmanlarni (qushlar va kiyiklarni) choʻchitib, qochirishga xizmat qiladi. Shu sababli Tayvanda uni „ilon boshli kapalak“ ham deyishadi. Voyaga yetgan Atlas kapalaklari kuchsiz va havoda tekis ucha olmaydigan hasharotlardir. Energiyani tejash uchun ular kunduzi dam olib, tunda parvoz qiladilarRobinson, G. S., Ackery, P. R., Kitching, I. J., Beccaloni, G. W. & Hernández, L. M. (2001). Hostplants of the Moth and Butterfly Caterpillars of the Oriental Region. Southdene Sdn. Bhd., Kuala Lumpur & The Natural History Museum, London. 744 pp. . Urgʻochi kapalak 200px|thumb|left|Urgʻochi Atlas kapalagi

Urgʻochilari erkaklariga qaraganda anchagina yirikroq va ogʻirroq boʻladi. Ularning qorni tuxumlar bilan toʻla boʻlgani uchun tana qismi juda semiz va vazmin boʻladi. Urgʻochilar juftini jalb qilish uchun qorin qismining uchidagi bez orqali feromonlar yaʼni maxsus hidli moddalar ajratib chiqaradi. Ular oʻzlari chiqib ketgan pilla yaqinida qolishni afzal koʻrishadi va havo oqimi feromonlarini eng yaxshi tarqata oladigan balandroq joyni qidirib topishadi. Shuningdek, ularning moʻylovlari ancha ingichka va torroq boʻladi, chunki ular uzoqdan hid qidirishga ehtiyoji yoʻq. Urgʻochi kapalaklar deyarli uchmaydi. Ular pilladan chiqqan joyidan uzoqlashmasdan, balandroq shoxga oʻtirib oladi va faqat hid tarqatib, erkak kapalakni kutadi. Faqat juftlashib boʻlgach, tuxum qoʻyish uchun biroz harakatlanishi mumkin. Erkak kapalak

Erkaklari tanasi ancha kichik, ingichka va yengil boʻladi. Erkak kapalaklar oʻzlarining patsimon moʻylovlarida joylashgan xemoreseptorlar yordamida ayol kapalak tarqatadigan feromonlarni bir necha kilometr uzoqlikdan sezib, hid kelayotgan tomonga qarab ucha oladilar. Shuning uchun ularda juda keng, qalin va patsimon moʻylovlar mavjud. Erkak kapalaklar juda faol parvoz qiladiHolloway, J. D. (1987). The Moths of Borneo, part 3: Lasiocampidae, Eupteroptidae, Bombycidae, Brahmaeidae, Saturniidae, Sphingidae. Southdene Sdn. Bhd., Kuala Lumpur.

Hayot sikli Tuxum Atlas kapalagining urgʻochisi oziqlanadigan oʻsimlik barglarining ostiga diametri 2,5 mm boʻlgan 150 tadan 300 tagacha sharsimon tuxumlar qoʻyadiJolly, M. S., Sen, S. K., Sonwalkar, T. N. & Prasad, G. S. (1979). Non-mulberry silks. Food & Agriculture Organisation. United Nations, Serv. Bull. 29. Rome. xvii + 178pp. Urgʻochi kapalak qanchalik yirik va semiz boʻlsa, u shunchalik koʻp va yirikroq tuxum qoʻyadi. Tuxumlar bargga mahkam yopishib turishi va shamolda tushib ketmasligi uchun maxsus yopishqoq modda bilan qoplangan boʻladi. Bu tuxumlardan 8 kundan 14 kungacha boʻlgan muddatda (havo haroratiga qarab) jajji ipak qurtlari ochib chiqadi. Lichinka Taxminan ikki haftadan soʻng, tuxumlardan changsimon-yashil rangdagi qurtlar ochib chiqadi. Ular dastlab oʻz tuxumlarining poʻchogʻini, soʻngra sitrus mevalar, dolchin, guava va doimiy yashil daraxtlarning barglarini isteʼmol qiladi. Bu qurtlar uzunligi 11,5 sm gacha, yoʻgʻonligi esa 2,5 sm gacha oʻsishi mumkin. Ularning orqa qismida oq, mumsimon va goʻshtdor tikansimon oʻsimtalar boʻlib, ular qurtning keyingi rivojlanish bosqichlarida yanada yaqqolroq koʻzga tashlanadi. Qurtning eng oxirgi qorin boʻgʻimida, soxta oyoqlari yonida olovrang halqa bilan oʻralgan yirik yashil dogʻ mavjud. Pilla Qurtlar taxminan 11,5 sm uzunlikka yetgach, pillaga aylanish jarayonini boshlaydi. Ular uzunligi 7–8 sm boʻlgan, quruq barglar bilan oʻralgan mustahkam va qogʻozsimon ipak pilla toʻqiydi va uni ipak iplar yordamida daraxt shoxlariga mahkamlab qoʻyadi. Atrof-muhit omillari va ob-havoga qarab, voyaga yetgan yirik kapalaklar bu pilladan taxminan 4 haftadan keyin yorib chiqadi. Qurgʻoqchilik mavsumida esa pillalarning qurib qolmasligi va omon qolishi uchun bu bosqich 1,5–2 oygacha ham choʻzilishi mumkin.

Xususiyati

Atlas kapalagi voyaga yetgan davrida umuman ovqatlanmaydi. Ularning ogʻiz apparati va hazm qilish tizimi rivojlanmagan. Ular bor-yoʻgʻi 1-2 hafta yashashadi. Bu qisqa umri davomida faqat lichinka davrida yigʻgan energiya hisobiga yashaydi va uning yagona maqsadi koʻpayish hisoblanadi. Voyaga yetgan kapalaklarni yil davomida uchratish mumkin boʻlsa-da, ular eng koʻp noyabrdan yanvargacha boʻlgan davrda faol uchishadi.

Galereya tuxumlarLichinkaPilla ichidagi kapalakPilladan yorib chiqishiImago

Manbalar

Havolalar

Marioʻs Butterfly Village PageWise: The atlas moth Atlas Moth fact sheet

Turkum:Kapalaklar Turkum:Hasharotlar Turkum:1758-yilda tasniflangan kapalaklar