Abu Tashfin Abdurahmon I (arabcha: أبو تاشفين ابن أبو حمو موسى الأول; Abu Tashfin Abdurahmon ibn Abu Hammu Muso al-avval) — hozirgi Jazoir hududida joylashgan Tilimsan qirolligini boshqargan Zayyoniylar sulolasining sultoni boʻlganرحلة ابن بطوطةQantaraIbn Khaldûn (1332-1406), Le livre des exemples, Volume I, Éditions Gallimard, Collection la Pléiade, (), 1560 pages.

U oldingi Tilimsan sultoni Abu Hammu Muso Ining oʻgʻli edi.

1318-yilda u otasini taxtdan agʻdarib, oʻzi bu taxtga egalik qiladi.

1329-yilda Abu Tashfin Abdurahmon I qoʻshinlarini sharqqa, Ifriqiyaga boshlab bordi. U Jazoir shahrini egalladi. Ar-Riyyos jangida Zayyoniylar Hafsiylar ustidan gʻalaba qozonishadi. Soʻngra ular Hafsiylar poytaxti Tunisni ishgʻol qiladilar.

Shundan keyin Abu Tashfin mariniylar va hafsiylar oʻrtasida tuzilgan ittifoqqa duch keldi. Bu ittifoq hafsiy malikasi Mariniylar sultoni Abu al-Hasanga turmushga berilishi orqali mustahkamlangan edi. Buning ortidan esa 1335–1337-yillardagi Tilimsan qamali sodir boʻldi. Abu Tashfin I Tilimsan qamali chogʻida mariniylar va hafsiylar tomonidan oʻldirilgan.

Tilimsan Mariniylar sulolasi vakili Abu al-Hasan Ali ibn Usmon tomonidan 1337-yildan 1348-yilgacha boʻlgan davr oraligʻida bosib olindi. 1348-yilda esa Abu Tashfinning oʻgʻillari Abu Said Usmon va Abu Sobit tomonidan shahar qayta zabt etildi.

Zayyoniylar Magʻribning oʻzlariga qarashli qismida madrasalar qurilishini homiylik qilgan ilk hukmdorlar boʻlgan. Tilimsandagi eng mashhur madrasalardan biri Abu Tashfin asos solgan Tashfiniya madrasasi edi.

Manbalar

Turkum:Zayyoniylar sulolasi