Rauf Nabiyev (asl ismi — Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq oʻgʻli; 1992-yil 6-oktabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik rejissyor va klipmeyker. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Raqamli San'at Ijodiy Birlashmasi rahbari. 2025-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Ijodiy faoliyati Nabiyev musiqiy videolar rejissyori va klipmeyker sifatida faoliyat yuritgan. U Ozodbek Nazarbekov, Jahongir Otajonov, Ulugʻbek Rahmatullayev, Gulsanam Mamazoitova, Sardor Rahimxon, Tohir Sodiqov, Ozoda Nursaidova va „Ummon“ guruhi kabi sanʼatkorlar bilan ishlagan.
U „Ummon“ guruhining „Jonim, yur“, Jahongir Otajonovning „Qaddi baland“ va Ulugʻbek Rahmatullayevning „Dilam“ qoʻshiqlariga ishlangan musiqiy videolarga rejissyorlik qilgan. Rejissyorlik va klipmeykerlik ishlari Yil Asar nomi Ijrochi Vazifasi 2014 „Eslab qol“ „Ummon“ guruhi Rejissyor 2015 „To‘la“ „Ummon“ guruhi Rejissyor „Jonim, yur“ „Ummon“ guruhi Rejissyor 2018 „Qaddi baland“ Jahongir Otajonov Rejissyor 2019 „Lola“ Jahongir Otajonov Rejissyor „Dilam“ Ulugʻbek Rahmatullayev Rejissyor „I love you“ Yorqinxo‘ja Umarov Rejissyor 2025 „Yomg‘irlar“ Hamdam Sobirov va Jamshid Ximmatov Rejissyor 2025 „Xasta bo‘lma“ Ravshan Sobirov Klipmeyker 2025 „Dil“ Zohid Rejissyor 2025 „Uyg‘on, o‘g‘lim“ Ozodbek Nazarbekov G‘oya muallifi va rejissyor Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq ishlari 2025-yilda Nabiyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi munosabati bilan sunʼiy intellekt yordamida video tayyorlagan. Shu yili u Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi „Uygʻon, oʻgʻlim“ musiqiy videoklipining gʻoya muallifi va rejissyori boʻlgan. Ushbu videoklip sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tayyorlangan.
2026-yilda u Xiva tarixi va sivilizatsiyasiga bagʻishlangan „Arda“ hujjatli filmini tayyorlash jarayonida ishtirok etgan. Film sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlardan foydalangan holda ikki oy davomida tayyorlangan.
Madaniyat vazirligidagi faoliyati 2025-yil dekabrda Nabiyev Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan. 2026-yilda u madaniyat vazirining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Nabiyev Raqamli San'at Ijodiy Birlashmasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritadi.
2026-yilda Nabiyev Oxford universitetining sunʼiy intellekt strategiyasi va boshqaruviga oid qisqa muddatli malaka oshirish dasturida qatnashgan. Shu davrda u universitet professori Felipe Thomaz bilan madaniyat va sanʼat sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Mukofotlari „Shuhrat“ medali — 2025-yil.
Manbalar
Havolalar Rauf Nabiyev IMDbda
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari