Muqimjon Toshmatov (1987-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U Oʻzbekiston Superligasining „Paxtakor“, „Andijon“, „Qizilqum“ va „Soʻgʻdiyona“ klublari sharafini himoya qilgan.
Klublardagi karyerasi Muqimjon Toshmatov professional futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyatining „Traktor“ futbol klubida boshlagan. Klub tizimida tarbiyalangan futbolchi dastlab Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa tarkibida toʻp surgan hamda yorqin oʻyinlari orqali mamlakatning yetakchi klublari eʼtiborini tortgan. Keyinchalik 2010-yilda „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan. Futbolchi 2010-yilgi AFC Chempionlar ligasi mavsumida jamoa tarkibida qayd etilgan, biroq musobaqada maydonga tushirilmagan.
2011-yil 1-yanvarda Toshmatov oʻyin amaliyotini koʻpaytirish maqsadida „Andijon“ futbol klubiga oʻtdi. U yerdagi ikki mavsumlik faoliyatidan soʻng 2013-yil boshida u „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Navoiyliklar safidagi yarim mavsumlik faoliyatidan soʻng shu yilning avgust oyida Toshmatov „Soʻgʻdiyona“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. U Jizzax klubi safida bir necha mavsum toʻp surib, 2017-yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Manbalar
Havolalar Muqimjon Toshmatov Footballfactsru saytida Muqimjon Toshmatov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari