Abu Zaid Hassan Rajeh (1926-yil 1-yanvar, Zagazig — 2020-yil 22-oktyabr, Qohira) — misrlik meʼmor, shaharsoz, muhandis va professor. Rajeh turli davlat lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, Misrda ijtimoiy uy-joylar qurish bilan shugʻullangan dastlabki davlat tashkiloti — Development and Popular Housing Company Limited direktorlar kengashi raisi hamda Uy-joy vazirligiga qarashli Housing and Building National Research Center (HBRC) direktorlar kengashi raisi boʻlgan.
Davlat faoliyatidan tashqari, Rajeh 1958-yilda meʼmor Hassan Anwar bilan birgalikda oʻzining meʼmoriy va muhandislik maslahat idorasiga asos solgan. U uy-joy qurilishi va shaharsozlik masalalariga bagʻishlangan koʻplab tadqiqotlar va kitoblar muallifi boʻlib, uning eng mashhur asarlaridan biri ikki qismda nashr etilgan Egyptian Urbanism kitobidir.
Manbalar
Havolalar
The Changing Pattern of Housing in Cairo — Archnet
Turkum:Arxitektorlar