Aziz Abdumalik (asl ismi Azizbek Abdumalikov; 2004-yil 21-iyun) – jurnalist, publitsist. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
Hayoti
2022-yilda Toshkent shahridagi 202-sonli o‘rta maktabni bitirdi. 2022–2026-yillarda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavr bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Aziz Abdumalik jurnalistik faoliyatini maktab davridayoq boshlagan. 2018–2020-yillarda «Jajji akademik» bolalar ilmiy-intellektual jurnalida erkin muxbir sifatida faoliyat yuritgan. «Jajji akademik» jurnalida maktab hayoti bilan bogʻliq dolzarb muammolarni, qiziq maʼlumot va xabarlarni maxsus rukn – «Jajji bloger orqali yoritib bordi.
«Tong yulduzi» gazetasida foto muxbir, muxbir, katta muxbir (2022 – 2025);
«Tong yulduzi» gazetasida bo‘lim boshlig‘i (2025 – yildan);
«O‘zbekiston talabasi» jurnali bo‘lim muharriri (2024 – yildan);