Turonshoh, shuningdek, Turon Shoh () deb ham atalgan, taxallusi Al-Malik al-Muazzam Gʻiyosiddin Turonshoh () boʻlgan Misr hukmdori, sulton as-Solih Ayyubning oʻgʻli. Ayyubiylar sulolasi vakili boʻlgan Turonshoh 1249—1250-yillarda qisqa muddat Misr sultoni boʻlgan.
Kelib chiqishi Otasi Turonshohga ishonmagani sababli uni Misr siyosatidan yiroq tutish maqsadida Hasankeyfga yuborganIrwin, Robert, The Middle East in the Middle Ages: The Early Mamluk Sultanate, 1250-1382, p.20.. Otasining vafoti haqida Bahriy mamluklari qoʻmondoni Farisiddin Aqtay orqali xabar topgan. Aqtay Turonshohni Misrga qaytarish va Fransiya qiroli Lyudovik IX hamda Yettinchi salib yurishiga qarshi urushni davom ettirish uchun uning oldiga yuborilgan edi. Aqtay Misrdan Hasankeyfga hijriy 647-yil Ramazon (milodiy 1249-yil dekabr) oyi boshlarida yetib kelgan. Bir necha kundan soʻng 18-dekabr kuni Turonshoh ellikka yaqin hamrohi bilan Misrga yoʻl olganHumphreys, R. Stephen, From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, p.301. Guruh ayyubiy raqiblari ularni yoʻlda qoʻlga olmasligi uchun aylanma yoʻldan borib, milodiy 1250-yil 4-yanvarda Damashq yaqinidagi Qusayr qishlogʻiga yetib kelgan. Ertasi kuni tantanali ravishda poytaxtga kirib kelgach, Turonshoh rasman sulton deb eʼlon qilinganHumphreys, R. Stephen, From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, p.302.
Hukmronligi Turonshoh uch hafta Damashqda qolib, qoʻshin va shahar aʼyonlari orasida sadoqatni mustahkamlash uchun ulkan mablagʻlar tarqatdi. Soʻng Misrga yoʻl olib, Zulqaʼda oyi 19-kuni (23-fevral) oz sonli hamrohlari bilan Mansuraga yetib keldi. Otasining Bahriy mamluklarni eʼzozlash va ularga tayanish haqidagi yozma nasihatini eʼtiborsiz qoldirib, tezda muhim lavozimlarga oʻzining (Muazzamiy) mamluklarini tayinlay boshladiIrwin, Robert, The Middle East in the Middle Ages: The Early Mamluk Sultanate, 1250-1382, p.21.. Shuningdek, koʻplab qora tanli qullarni yuqori mavqega koʻtardi. Qora tanli bir xizmatkor ustodor (saroy xoʻjaligi boshligʻi) etib tayinlandi, boshqasi esa amir jandoriga (qirollik qoʻriqchilari boshligʻi) aylandi. Bu ikki islohot qudratli Bahriy mamluklarni ranjitdi.
Mamluklar davri haqida yozgan tarixchilarning Turonshoh haqidagi bayoniga toʻliq ishonib boʻlmasa-da, ularning yozishicha, Turonshoh muvozanatsiz, aqli past boʻlib, unda asabiy qaltiroq boʻlgan. Bir safar shamlarning uchini chopib tashlab, „Bahriy mamluklar bilan shunday muomala qilaman!“ deb baqirgan ekan.
Turonshoh 1250-yilda Fariskur jangida Misr qoʻshinlariga boshchilik qildi. Mazkur jang Yettinchi salib yurishining soʻnggi jangi edi. Jangda salibchilar butunlay tor-mor etilib, Fransiya qiroli Lyudovik IX asir olingan.
Oxir-oqibat, Bahriylar Turonshohdan charchadi. Ular Turonshohning muomalasidan xafa boʻlgani va, ehtimol, salibchilardan Damiyottani qaytarib olgach, Bahriylarga qarshi harakat qilishi mumkin deb oʻylagani aytiladi. Bahriylarning Baybars boshchilik qilgan bir guruhi sultonni oʻldirishga qaror qilgan. Turonshohning qatl etilishini salibchi tarixchi Jean de Joinville, ayniqsa, batafsil tasvirlaganWedgwood, Ethel (trans.) The Memoirs of the Lord of Joinville: A New English Version Ethel Wedgwood, E. P. Dutton and Co., New York 1906, Chapter XV p. 172.
Mamluklar suiqasdi Hijriy 648-yil Muharram oyining 28-kuni (milodiy 1250-yil 2-may) Turonshoh ulkan ziyofat berdi. Bazm oxirida Baybars va bir guruh mamluk askarlari bostirib kirib, uni oʻldirishga urindi. Turonshoh yaralandi, chamasi, qilich zarbi qoʻlini tilib yuborgan edi. Yarador holida Nil daryosi yonidagi bir minoraga qochishga muvaffaq boʻldi. Mamluklar uni quvib borib, minoraga oʻt qoʻydi. Olov Turonshohni pastga tushishga majbur qildi va u daryoga qarab yugurdi, ammo qovurgʻasiga nayza sanchildi. Nayza tanasida osilib turgan holda Turonshoh oʻzini daryoga tashladi. Taʼqibchilar Turonshoh qirgʻoqda turib, jonini saqlab qolishni yolvorib, taxtdan voz kechishini aytayotgan paytda ham unga oʻq yogʻdirdi. Turonshohni qirgʻoqdan turib oʻldira olmagach, Baybarsning oʻzi suvga kirib, sultonni chopib oʻldirdi. Rivoyatga koʻra, shundan soʻng Farisiddin Aqtay uning yuragini sugʻurib olib, asir olingan Lyudovik IX huzuriga olib borgan va buning uchun mukofotlanishdan umid qilgan, ammo Lyudovik unga hech narsa tuhfa qilmagan. Baʼzi bayonlarga koʻra esa Turonshohni aslida Baybars emas, Aqtay oʻldirganHumphreys, R. Stephen, From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, p.303.
Merosi Turonshohning otasi as-Solih Ayyub sulolada Misr ustidan samarali hokimiyat va boshqa ayyubiy mulklar ustidan gegemoniyani amalda saqlab qolgan soʻnggi hukmdor edi. Turonshoh Misrda hukmronlik qilgan asosiy Ayyubiylar sulolasining soʻnggi vakilidir. Yagona mustasno olti yoshli al-Ashraf Muso boʻlib, Bahriy mamluk Aybak uni qisqa muddatga nominal sulton sifatida taxtga oʻtqazgan edi. Aybak buni Suriya Ayyubiylari bostirib kirish tahdidini solayotgan bir paytda Misrdagi Mamluklar hokimiyati Ayyubiylar qoʻlida degan koʻrinish berish maqsadida qilgan ediHumphreys, R. Stephen, From Saladin to the Mongols: The Ayyubids of Damascus 1193-1260, p.315.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ayyubiy sultonlar Turkum:Yettinchi salib yurishidagi musulmonlar Turkum:1250-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar