Roberto Martínez Montoliu (1973-yil 13-iyulda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Martínez 2023-yildan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Martínez futbolchilik faoliyatini „Real Zaragoza“ klubida boshlagan. 1993–94-yilgi mavsumda klub bilan birga Copa del Rey turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Roberto bir mavsum davomida quyi ligadagi „Balaguer“ jamoasida oʻynagan. 1995–96-yilgi mavsum avvalida Angliyaning Uchinchi divizioni vakili Wigan Athletic bilan shartnoma imzolagan. Jesús Seba va Isidro Díaz bilan birga „Uch doʻst“ (Three Amigos) nomi bilan tanilgan kichik ispan guruhi tarkibiga qoʻshilgan. Roberto olti yil davomida asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisi boʻlgan, bu uning bir klubdagi eng uzoq faoliyati edi. Bu vaqt mobaynida u Futbol Ligasi uchinchi divizioni va Futbol Ligasi sovrinini qoʻlga kiritgan. 2001–2003-yillar oraligʻida Shotlandiyaning „Motherwell“, keyin esa „Walsall“ jamoalarida toʻp surgan. 2003-yilda „Swansea City“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Swansea“ jamoasida oʻynagan davrida klub sardoriga aylangan va 2005-yilda jamoaning Birinchi ligaga koʻtarilishiga yordam bergan. 2006-yilda „Chester City“ klubiga oʻtgan, u yerda ham sardor etib saylangan.

Martinez 2007-yilda „Swansea City“da murabbiylik faoliyatini boshlagan va klubni Birinchi liga chempioni sifatida Chempionshipga olib chiqqan. 2009-yilda „Wigan Athletic“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Bu davrda jamoaning ketma-ket uch mavsum quyi ligaga tushib ketmasligiga yordam bergan. Toʻrtinchi mavsumida „Wigan“ quyi ligaga tushib ketgan boʻlsa-da, 2013-yilda klub tarixida ilk bor Angliya kubogini qoʻlga kiritgan. Oʻsha mavsum yakunida Martinez „Everton“ boshqaruvini qoʻlga olgan. Klub uning ilk mavsumidayoq beshinchi oʻrinni egallagan — bu jamoaning soʻnggi besh yildagi eng yuqori natijasi edi va yakunda „Everton“ UEFA Yevropa Ligasiga yoʻllanma olgan. 2016-yilning may oyida jamoasi 12-oʻrinda borayotgan Martinez bosh murabbiylikdan ozod etilgan va oʻsha yilning avgust oyida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Martinez boshchiligida Belgiya 2018-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Bu terma jamoaning musobaqadagi eng yaxshi natijasidir. Shuningdek, Belgiya 2018-yildan 2022-yilgacha FIFA Jahon reytingida birinchi oʻrinni saqlab turgan. U 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatidan soʻng Belgiya terma jamoasi murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi. 2023-yil yanvar oyida esa Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va 2025-yilda UEFA Millatlar ligasida gʻalaba qozongan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:CF Balaguer futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:Motherwell F.C. futbolchilari Turkum:Wigan Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Walsall F.C. futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Chester City F.C. futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Shotlandiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Uelsdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Wigan Athletic F.C. murabbiylari Turkum:Everton F.C. murabbiylari Turkum:Belgiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Portugaliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari Turkum:2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:2024-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:UEFA Millatlar Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Ispaniyalik muhojir futbol murabbiylar