Neyroestetika — amaliy estetikaning tarmogʻi. Empirik estetika sanʼat, musiqa yoki Estetikaestetik baholashga asos boʻla oladigan har qanday obyektni idrok etish jarayonini ilmiy nuqtai nazardan oʻrganadi. Neyroestetika terminini birinchi marta 1999-yilda Semir Zeki fanga kiritgan boʻlib, unga 2002-yilda sanʼat asarini idrok etish va yaratishning neyron asoslarini ilmiy jihatdan oʻrganuvchi soha sifatida rasmiy taʼrif berilgan. Antropologlar hamda evolutsion biologlar insoniyatning sanʼatga boʻlgan qiziqishi va uni yaratishi butun tarix davomida va barcha madaniyatlarda yashab qolish uchun evolutsion jihatdan zarur mexanizm sifatida shakllanganini koʻrsatuvchi koʻplab dalillarni toʻplashgan. Neyroestetika estetik tajribalarni nevrologik darajada tushuntirish va anglash uchun neyroilm fanidan foydalanadi. Ushbu soha koʻplab yoʻnalish vakillarini, jumladan, neyrobiologlar, sanʼatshunoslar, rassomlar, art-terapevtlar va psixologlarni oʻziga jalb qilib kelmoqda.
Umumiy tavsif Neyroestetika (neyro-)psixologik tadqiqotlarni estetika bilan birlashtirishni maqsad qilgan eksperimental fan sohasi boʻlib, u „sanʼatni idrok etish, yaratish va unga nisbatan munosabat bildirish jarayonlarini, shuningdek, koʻpincha huzur-halovat bagʻishlaydigan kuchli his-tuygʻularni uygʻotuvchi obyektlar hamda sahnalar bilan oʻzaro taʼsirni“ oʻrganadi. Yaqin davrda shakllangan ushbu soha, boshqa masalalar qatori, estetik baholash va ijodkorlikning neyron korrelyatsiyalarini hamda bular insonga muloqot qilish va oʻzaro aloqa oʻrnatishda qanday yordam berishini aniqlashga intiladi.
Sohaning asosiy savollaridan biri — sanʼat yoki estetik afzalliklar muayyan ilmiy qonuniyatlar yoki prinsiplar asosida boshqariladimi-yoʻqmi degan masaladir. Bundan tashqari, ushbu prinsiplarning shakllanishi va oʻziga xos xususiyatlarining evolutsion asoslari izlanmoqda. Estetik baholashda ishtirok etadigan miya zanjirlarini aniqlash (masalan, miyani vizuallashtirish — neyrovizualizatsiya usullaridan foydalanish orqali) ushbu reaksiyalarning kelib chiqish manbasini aniq koʻrsatishga yordam beradi deb ishoniladi. Shunga qaramay, koʻplab olimlar, jumladan, ayrim neyrobiologlar ham neyroestetika tayanayotgan reduksionistik yondashuvga shubha bilan qaraydilar.
Hisoblash neyroestetikasi deb nomlangan kichik soha neyrotasvirlash maʼlumotlari bilan birgalikda mashina oʻrganish algoritmlaridan foydalanib, insonlar nimani estetik jihatdan eng yoqimli deb topishini bashorat qilishni maqsad qilgan. Ushbu yoʻnalishga 1933-yilda Fechner va Birkhoff asos solgan. Biroq ularning estetika matematik usulda oʻlchanishi mumkinligi haqidagi gipotezalarini sinovdan oʻtkazish va tasdiqlash uchun texnologiyalar yetarli darajada rivojlanishi uchun yana koʻp yillar kerak boʻldi. Ushbu modellarning amaliy qoʻllanilishiga internet reklamasi orqali mahsulotlarni tavsiya etish kiradi. Biroq modellashtirishning kengroq maqsadi qaror qabul qilish va boshqa kognitiv jarayonlarning asosida yotuvchi mexanizmlarni, ularda ishtirok etuvchi neyron arxitekturalarni modellashtirish orqali ilmiy jihatdan tushuntirish va ular haqidagi bilimlarni kengaytirishdan iboratdir.
Tadqiqot yondashuvlari Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar sanʼatning mohiyatini tashkil etishi mumkin boʻlgan goʻzallikning evolyutsion maʼnosini tushuntirish maqsadida perseptiv psixologiya, evolyutsion biologiya, nevrologik nuqsonlar va miyaning funksional anatomiyasi tamoyillarini birlashtiradilar. Ilgari faqat xayol surish jarayonida ishtirok etadi deb hisoblangan miya faoliyatining passiv rejim tarmogʻi hamda miyaning mukofotlash markazi insonlarning sanʼatni tomosha qilish va yaratishdan nega zavq olishini tushuntirishda muhim omillar sifatida koʻrilmoqda. Neyroilm sanʼatni miqdoriy baholash mezonlarini izlashda juda istiqbolli yoʻnalish deb hisoblanadi. Estetika boʻyicha umumiy qonuniyatlarni aniqlash maqsadida qoʻllaniladigan yondashuvlardan biri sanʼat asarlarini kuzatayotgan subyektlarni oʻrganish hamda koʻrish jarayonining mexanizmlarini tahlil qilishdir. Yoqimli hissiyotlar gorizontal va vertikal chiziqlar kabi sodda vizual stimullar taʼsirida neyronlarning takroriy faollashuvi natijasida yuzaga kelishi taxmin qilinadi. Ramachandran tomonidan ilgari surilgan qonunlar majmuasi kabi nazariyalarni yaratish bilan bir qatorda, neyroilm yordamida ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi nevrologik mexanizmlarni aniqlash va tushunish ham muhim ahamiyatga ega.
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
(The first book on Neuroesthetics, written in Spanish).
(The first book on Neuroesthetics, written in Italian).
(The first dissertation on Neuroesthetics, written by an art historian).
Tononi, Fabio, „Aesthetic Response to the Unfinished: Empathy, Imagination and Imitation Learning“, Aisthesis: Pratiche, linguaggi e saperi dell’estetico, 13: 1 (2020), pp. 135–153.
Turkum:Neyropsixologiya