Felix Zwayer (1981-yil 19-mayda tugʻilgan) — Berlinda yashaydigan nemis futbol hakami. U Berlin Futbol Assotsiatsiyasiga qarashli SC Charlottenburg klubi nomidan hakamlik qiladi. U FIFA hakami boʻlib, UEFA elita toifasi hakami sifatida baholanadi.
Hakamlik faoliyati Zwayer 2004-yilda DFB darajasida hakamlik qilishni boshlagan. 2007-yilda u 2. Bundesligada, shuningdek Bundesligada yon hakam sifatida ishlash uchun koʻtarildi. Ikki yil oʻtgach, Zwayer 2009–2010-yilgi mavsumdan boshlab Bundesliga oʻyinlariga bosh hakamlik qilish uchun koʻtarildi.
2005-yilda Zwayer bir qator oʻyinlarda pora olib natijani oldindan kelishib olgan 2. Bundesliga hakami Robert Hoyzer atrofida yuzaga kelgan oʻyin natijasini kelishib olish mojarosiga aralashib qolgan. Zwayer u bilan bir oʻyinda yordamchi boʻlib ishlagan va goʻyoki Vuppertaler SV jamoasiga qarshi bahsli vaziyatlarni oldini olish uchun 300 yevro pora olgan. 2005-yil yanvar oyida u va yana uch nafar yuqori toifadagi hakamlar DFBni Hoyzerni oʻyinlarni kelishib olgani haqida xabardor qilishgan. Shundan soʻng u 6 oyga hakamlikdan chetlatilgan, bu diskvalifikatsiya bir necha yil davomida sir tutilgan, taqiq haqida faqat Germaniyaning gazetasi Germaniya Futbol Assotsiatsiyasining maxfiy hujjatini eʼlon qilganidan soʻng maʼlum boʻlganOliver Fritsch: Die Akte Zwayer. [The Zwayer File] Die Zeit, 9 December 2014. Retrieved on 28 January 2020.
2016-yil 21-fevralda Bayer Leverkuzen bosh murabbiyi Roger Schmidt Borussiya Dortmundga qarshi oʻyinda Dortmundning yagona goli kiritilishiga olib kelgan jarima zarbasiga norozilik bildirgach, Zwayer tomonidan maydondan chetlatildi. Roger Schmidt dastlab maydonni tark etishdan bosh tortdi, bunga javoban hakam oʻyinni toʻxtatib, futbolchilarni maydondan olib chiqdi va oʻyin sakkiz daqiqaga choʻzilgan tanaffusdan soʻng Roger Schmidtsiz davom ettirildi.
2018-yil 30-aprelda Zwayer 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida Rossiyada ishlaydigan, ilk bor bunday texnologiya qoʻllanilgan turnir uchun, video yordamchi hakamlardan biri sifatida FIFA tomonidan tanlandi.
2021-yil dekabrida Zwayer Bavariya Myunxen va Borussiya Dortmund oʻrtasidagi oʻyinda hakamlik qildi va u Dortmunga penalti bermagani hamda bosh murabbiy Marco Roseni maydondan chetlatgani uchun qattiq tanqid qilindi. Oʻyindan soʻng Dortmund futbolchisi Jude Bellingham Zwayer bilan bogʻliq mojaroni eslab, „Germaniyadagi eng katta oʻyinga avval oʻyin natijasini kelishib olgan hakamni qoʻysangiz, nimani kutasiz?“ deb bayonot berdi.
Mazkur mojaro ortidan Zwayer hakamlikdan tanaffus oldi. U 2022-yil fevral oyida 2. Bundesliga doirasidagi Hannover 96 va SV Darmstadt uchrashuvida qaytdi va yana penalti belgilamaslik qarori uchun tanqidga uchradi. Uning qaytishi 2005-yildagi oʻyin natijasini kelishib olish mojarosida ishtiroki boʻyicha qoʻshimcha yoritilishlarga ham sabab boʻldi.
2025-yil 12-may kuni UEFA Zwayer 2025-yil 21-mayda Bilbaodagi San Mames stadionida boʻlib oʻtgan, ingliz jamoalari oʻrtasidagi 2025-yilgi UEFA Yevropa Ligasi final uchrashuvi — Tottenham Hotspur va Manchester United oʻyini bosh hakami etib tayinlanganini eʼlon qildihttps://www.uefa.com/uefaeuropaleague/news/0299-1dbd43b4e16b-41843bdde1cb-1000--europa-league-final-referee-felix-zwayer/.
Shaxsiy hayoti Zwayer koʻchmas mulk brokeri sifatida ishlaydi va Berlinda yashaydi. U uylangan va ikki qizi bor (taxminan 2018 va 2021-yillarda tugʻilgan).
Yana qarang Futbol hakamlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 hakamlari