Xolid ibn al-Bukayr ibn Abd Ya Layl ibn Noshib al-LaysiyTabaqat Ibn Saʼd 3/1/283, Tabaqat Khalifa 13, Tarikh Khalifa 74, 75, Al-Isti’ab 3/162–163, Usd al-Ghabah 2/91, Al-Aqd al-Thamin 4/261 and Al-Isabah 3/51. (), shuningdek, Ibn Abu al-Bukayr nomi bilan ham tanilgan boʻlib, islom paygʻambari Muhammadning sahobasi edi. Badr, Uhud jangi va Safar oyida kechgan Rojidagi gʻazotda qatnashgan.

Nasabi Nasabi Xolid ibn al-Bukayr ibn Abd Ya Layl ibn Noshib ibn Gʻayra ibn Saʼd ibn Lays ibn Bukayr ibn Abdumanof ibn Kinona al-Laysiy.

Tarjimai holi Xolid islomni birinchilardan qabul qilganlardan boʻlib, u aka-ukalari Amir, Iyos va Oqil ibn al-Bukayr bilan birga Dorul Arqamda bay’at qilgan. Abu al-Bukayrning oʻgʻillari oilasi bilan Madinaga hijrat qilib, Rafoa ibn Abdulmunzir bilan birga yashagan. Ibn Saʼdning qayd etishicha, paygʻambar Muhammad Xolidni Zayd ibn ad-Dasinna bilan birodar qilganTabaqat Ibn Saʼd 3/1/283.

Xolid Badr va Uhud jangida qatnashgan va hijriy 4-yilning Safar oyida Rojidagi gaʼzotda 34 yoshida halok boʻlgan.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Arab musulmonlari Turkum:Janglarda halok boʻlgan sahobalar Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar