Elitsa va Stoyan () — Elitsa Todorova va Stoyan Yankoulovdan iborat bolgariyalik musiqiy duet. Ular „Water“ qoʻshigʻi bilan Finlyandiyaning Helsinki shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2007“ tanlovida Bolgariya sharafini himoya qilgan hamda 5-oʻrinni egallagan. Ushbu natija 2016-yilgacha Bolgariyaning „Eurovision“ tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichi boʻlib qolgan.

2013-yil mart oyida duet ikkinchi marotaba Bolgariya vakili sifatida tanlangan va „Samo shampioni“ qoʻshigʻi bilan Shvetsiyaning Malmö shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2013“ tanlovida ishtirok etgan. Biroq ular final bosqichiga chiqa olmagan.

Karyerasi Elitsa Todorova va Stoyan Yankoulov 2003-yilda tanishgan. 2007-yilda ular „Pesen Na Eurovizija 2007“ milliy saralash tanlovida gʻolib chiqqan hamda „Voda“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision-2007“ tanlovida Bolgariya sharafini himoya qilgan. Keyinchalik duet „Earth“ nomli ikkinchi singlini eʼlon qilgan.

2013-yil 10-fevralda Bolgariya milliy teleradiokompaniyasi BNT tomonidan duetning „Eurovision-2013“ tanlovidagi ishtiroki tasdiqlangan. Milliy saralash finali 2013-yil 3-martda oʻtkazilgan. Hakamlar va tomoshabinlar ovozlari yakuniga koʻra „Kismet“ hamda „Samo Shampioni“ qoʻshiqlari bir xil natija qayd etgan. Dastlab „Kismet“ gʻolib deb eʼlon qilingan, biroq 2013-yil 11-martda mualliflik huquqiga oid eʼtirozlar sababli BNT ushbu qoʻshiqni tanlovdan olib tashlagan va uning oʻrniga „Samo shampioni“ qoʻshigʻini tanlagan.

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:2003-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar