Teshima sanʼat muzeyi () — Yaponiyaning Kagava prefekturasidagi Teshima orolida, Seto ichki dengizi hududida joylashgan sanʼat muzeyi. Muzey oʻzining faaqat bitta sanʼat asaridan iborat doimiy ekspozitsiyasi bilan ajralib turadi. U Benesse jamgʻarmasi tomonidan boshqariladi. Muzey binosi meʼmor Ryue Nishizava (SANAA meʼmoriy byurosining hammuassislaridan biri) tomonidan loyihalashtirilgan. Bino mustaqil turuvchi beton qobiq konstruksiyasidan iborat. Inshoot devorining qalinligi 25 santimetr, oʻlchamlari 40 × 60 metr boʻlib, eng baland nuqtasi 4 metrga yetadi.

Muzeyda haykaltarosh Rei Naito tomonidan yaratilgan Matrix nomli sanʼat asari namoyish etiladi.

Manbalar

Havolalar Benesse Art Site Naoshima