Rim papasi Fransiskning Qozog‘istonga apostolik tashrifi — Papa Fransiskning 38-xalqaro safaridir. U 2022-yil 13-15-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Bu Fransiskning Markaziy Osiyo mamlakatlariga ilk tashrifi bo‘lib, Ioann Pavel II 2001-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurganidan keyingi ilk pontifik safaridir. Tashrif doirasida Fransisk Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII s’ezdida ishtirok etdi hamda Nur-Sulton shahrida muqaddas messa o‘tkazdi.
Tashrif grafigi 13-sentyabr 2022, seshanba 7:15 (UTC+2) Rim-Fyumichino xalqaro aeroportidan Nur-Sulton shahriga uchish 17:45 (UTC+6) "Nursulton Nazarboyev" xalqaro aeroportiga yetib kelish 17:45 (UTC+6) Rasmiy kutib olish marosimi 18:30 (UTC+6) "Aqorda" prezident qarorgohidagi kutib olish marosimi 18:45 (UTC+6) Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan uchrashuv 19:30 (UTC+6) Hokimiyat, fuqarolik jamiyati va diplomatik korpus vakillari bilan "Qozoqkonsert" zalidagi uchrashuv 14-sentyabr 2022, chorshanba 10:00 (UTC+6) Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII s’ezdi ochilishi va yalpi majlis (Mustaqillik saroyi) 12:00 (UTC+6) Dinlararo yetakchilar bilan uchrashuvlar 16:45 (UTC+6) Muqaddas messa (EXPO 2017 hududi) 15-sentyabr 2022, payshanba 9:00 (UTC+6) Iyezuitlar jamiyati a’zolari bilan Apostol nunsiyaturasida uchrashuv 10:30 (UTC+6) Ruhoniylar, monaxlar va seminariyachilar bilan "Muqaddas Xudo onasi" soboridagi uchrashuv 15:00 (UTC+6) S’ezdning yopilish marosimi (Mustaqillik saroyi) 16:15 (UTC+6) "Nursulton Nazarboyev" xalqaro aeroportidagi kuzatish marosimi 16:45 (UTC+6) Nur-Sultondan Rimga uchish 20:15 (UTC+2) Rim-Fyumichino aeroportiga yetib kelish
1-kun. 13-sentyabr Papa Rimdan uchib kelgan samolyotni Qozog‘iston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa kuchlari kuzatib qo‘ydi. "Nursulton Nazarboyev" xalqaro aeroportida Fransiskni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev kutib oldi. Marosim davomida ikki davlat delegatsiyalari vakillari tanishtirildi. So‘ngra aeroportning kamin zalida Fransisk va Toqayev qisqa suhbat o‘tkazdilar.
Uchrashuv yakunida kortej "Aqorda" qarorgohiga yo‘l oldi, u yerda tantanali marosim va pontifik bilan prezident o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fuqarolik jamiyati va diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuvda Rim papasi "Ukrainaga bostirib kirish bilan boshlangan aqldan ozgan va fojiali urush"ni to‘xtatishga chaqirdi. Pontifik o‘z nutqini qozog‘istonliklarning milliy musiqa asbobi — dombraga bag‘ishladi.
2-kun. 14-sentyabr
Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII s’ezdi ochilishida Rim papasi Fransisk o‘zining kechagi dombra haqidagi nutqini eslatib o‘tdi va shunday dedi: "Bugun men musiqa asbobi orqali bir ovozni bog‘lamoqchiman. Bu yurtning eng mashhur shoiri, zamonaviy adabiyotining otasi, ko‘pincha aynan dombra bilan tasvirlanadigan kompozitor — Abayning ovozini":
S’ezdda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Al-Azhar oliy imomi Shayx Muhammad Ahmad at-Tayib, Moskva patriarxiyasining Tashqi cherkov aloqalari bo‘limi raisi, Volokolamsk mitropoliti Antoniy, Isroilning bosh sefardiy ravvini Itsxak Yosef va boshqa diniy yetakchilar ishtirok etdilar.
EXPO 2017 hududida, "Nur-Olam" pavilyoni oldidagi maydonda bo‘lib o‘tgan muqaddas messada taxminan 10 ming kishi ishtirok etdi. Messaga chiptalar bepul bo‘lib, ular oldindan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda tarqatilgan. Ibodatdan oldin Fransisk "papamobil"da qatorlar orasidan o‘tib, hozir bo‘lganlarni qutladi. Marosim lotin, rus va qozoq tillarida olib borildi. O‘z va’zida Fransisk insonni chaquvchi ilonlar va qutqaruvchi ilon obrazlaridan foydalangan holda nutq so‘zladi.
Dindorlarga murojaat qilar ekan, Rim papasi Ukrainadagi urushni eslatib o‘tdi, urushga ko‘nikib qolmaslikka va uning muqarrarligiga yon bermaslikka chaqirdi. Shuningdek, u Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun duo qilishga da’vat etdi.
3-kun. 15-sentyabr Tashrifning so‘nggi kunida, ertalab Papa Fransisk Nur-Sultondagi Apostol nunsiyaturasi qarorgohida Iyezuitlar jamiyati a’zolari bilan xususiy tarzda uchrashdi. Pontifik Rossiya mintaqasidan (Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘z ichiga oladi) kelgan 25 nafar iyezuit otalardan 19 nafari bilan uchrashdi (Qozog‘istonda mazkur orden vakillari mavjud emas). Uchrashuvda dolzarb geosiyosiy masalalar, xususan, ruhoniylik faoliyati nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Keyinchalik Papa "Muqaddas Xudo onasi" soborida ruhoniylar, monaxlar, seminariyachilar va pastorlik xizmati vakillari bilan uchrashdi. Qozog‘iston Katolik cherkovi nomidan Fransiskni mahalliy yepiskoplar kengashi prezidenti, Olmaotadagi "Muqaddas Uch Birlik" yeparxiyasi ordinariysi Xose Luis Mumbiela Syerra qutladi. Uchrashuv davomida besh farzandning otasi, yunon-katolik ruhoniyining rafiqasi, monaxiya va Qarag‘andagi diniy seminariya rektorining guvohliklari tinglandi.
Fransisk Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII s’ezdi yopilish marosimida ishtirok etdi. O‘z nutqida u tashrifining shiori "Tinchlik va birlik elchilari" (qozoqcha: «Бейбітшілік пен бірліктің елшілері») ekanligini eslatdi. Pontifik barchani tinchlikka, ayollarning rolini oshirishga va yoshlar ta’limiga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Nur-Sulton aeroportida Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayev Qozog‘istonda bo‘lgani xotirasi sifatida Rim papasiga dombra sovg‘a qildi.
Nur-Sultondan Rimga qaytayotganda samolyot bortida yakuniy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Rim papasi Qozog‘istondagi konfessiyalarning tinch yonma-yon yashashiga to‘xtaldi:
Turkum:Papa Fransisk Turkum:Vatikan tashqi siyosati Turkum:Qozog‘iston tashqi siyosati Turkum:Qosim-Jo‘mart Toqayev prezidentligi Turkum:Astana voqealari Turkum:2022-yil Qozog‘istonda