Abdulloh ibn Maz’unṬabaqāt Ibn Saʿd: 3/1/291, Nisab Quraysh: 393, Ṭabaqāt Khalīfa: 25, al-Istiʿāb: 7/37, Usd al-Ghābah: 3/394-395, al-ʿIqd al-Thamīn: 5/289, al-Iṣābah: 6/220. (; ), shuningdek, Abu Muhammad al-Jumahiy al-Qurayshiy nomi bilan ham tanilgan, islom paygʻambari Muhammadning sahobasi boʻlib, islomni dastlabkilardan qabul qilganlardan boʻlgan. Bir necha janglarda ishtirok etgan.
Tarjimai holi Abdulloh aka-ukalari Qudoma ibn Mazʼun, Usmon ibn Maz’un hamda jiyani As-Soib ibn Usmon ibn Mazʼun bilan birga Habashistonga hijrat qilgan. Keyinroq hijratdan soʻng Madinaga qaytgan.
Abdulloh ibn Maz’un aka-ukalari va jiyani bilan birga Badr jangida qatnashgan. Shuningdek u Uhud va Xandaq jangida jangida ham ishtirok etgan.
Ibn Saʼdning maʼlumot berishicha, paygʼambar Muhammad u bilan Sahl bin Ubayd bin al-Muʼalla al-Ansoriy oʻrtasida birodarlik rishtasini bogʼlaganIbn Saʿd 3/1/291..
Vafoti Abdulloh ibn Maz’un 60 yoshida (30-hijriy) xalifa Usmon ibn Affon hukmronligi davrida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:590-yilda tugʻilganlar Turkum:650-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar