Argo — gretsiyalik musiqiy guruh.
Gretsiya nomidan Eurovision qo'shiq tanlovi 2016da ishtirok etgan. Guruh Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan tanlovda „Utopian Land“ qoʻshigʻini ijro etgan.
Guruh avval Europond nomi bilan faoliyat yuritgan, biroq Eurovision tanlovidagi ishtiroki arafasida nomini Argoga oʻzgartirgan. Argo 2016-yil 10-may kuni oʻtkazilgan birinchi yarim finalda sahnaga chiqishgan, ammo final bosqichiga yoʻllanma olish muvaffaquyatli kechmagan. Bu Gretsiya uchun 2004-yilda ilk bor finalga chiqa olmagan holat boʻlgan.
Guruh olti nafar aʼzodan iborat boʻlgan:
Xristina Laxana (Χριστίνα Λαχανά) — asosiy vokal Mariya Venetikidu (Μαρία Βενετικίδου) — bek-vokal Vladimiros Sofianidis (Βλαδίμηρος Σοφιανίδης) — vokal Kostas Topuzis (Κώστας Τοπούζης) — pontiy lirasida ijrochi Ilias Kesidis (Ηλίας Κεσίδης) — bek-vokal va perkussiya Alekos Papadopulos (Αλέκος Παπαδόπουλος) — davul ijrochisi
Guruh oʻz ijodida zamonaviy musiqani pontiy yunon xalq musiqasi unsurlari bilan uygʻunlashtirishi bilan ajralib turgan.
Manbalar