As-Salom muzeyi (Madina tinchlik muzeyi) — Madinai Munavvaradagi Paygʻambar masjidining gʻarbida qurilishi rejalashtirilgan muzey. Muzeyning umumiy maydoni atrofida. 2023-yil 2-mart holatiga koʻra, qurilish toʻxtatilgan.
Maqsad Muzeyning asosiy maqsadi Madinai Munavvaraga kelgan ziyoratchilar va mehmonlarning taassurotini boyitish, ularni madaniy maskan bilan tanishtirishdir. Shuningdek, u Saudiya Arabistonining ikki muqaddas shahar — Makka va Madinai Munavvaraga xizmat koʻrsatish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini yoritishni koʻzda tutadi.
Tarkibi Muzey tarkibida quyidagiga oʻxshash 10 ta zal boʻlishi rejalashtirilgan:
Birinchi zal Paygʻambarimizning Madinai Munavvaraga hijrat qilishga qaror qilganlarining sabablarini tushuntiradi. Boshqa bir zalda Paygʻambar masjidi namoyish etiladi. Uchinchi zalda Madinai Munavvaradagi tarixiy hudud haqida batafsil maʼlumot beriladi. Yana bir zal Islomda tinchlikning ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlanadi.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi muzeylar