Izzuddin Husayn () — Gʻuriylar sulolasi hukmdori, 1100-yilda otasi Qutbiddin Hasandan keyin taxtga oʻtirgan. Husayn taxtga chiqqan paytda mamlakat tartibsizlik holatida edi. Husayn mamlakatda tinchlikni tiklab, davlatni mustahkamlashga muvaffaq boʻlgan. Husayn hukmronligining soʻnggi yillarida Saljuqiylar sultoni Sanjar uning hududlariga bostirib kirib, magʻlub etgan va uni asir olgan. Biroq Sanjar Husaynni xiroj toʻlash sharti bilan ozod qilgan. Husayn 1146-yilda vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Sayfiddin Suriy taxtga chiqqan. Husaynning yana olti nafar oʻgʻli boʻlib, ular keyinchalik Gʻuriylar davlatini oʻzaro boʻlib olganHistory of Civilizations of Central Asia, C. E. Bosworth, M. S. Asimov, p. 185..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:12-asr eroniylari Turkum:Gʻuriylar sulolasi Turkum:1146-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar