Taypey hikoyalar uyi (), avval Yuanshan Mansion () nomi bilan tanilgan, Tayvanning Taypey shahridagi Junsan tumanida joylashgan tarixiy uy hisoblanadi. Hozirda u Taypey Expo bogʻidagi muzey sifatida ochiq.

Umumiy maʼlumot Uy 1913–1914-yillarda Yaponiya boshqaruvi davrida choy savdogari Tan Tiau-chun (陳朝駿) tomonidan qurilganTaipei Story House, Discover Taiwan.Taipei Story House , Taipei Travel.. Dastlab u mahalliy amaldorlar va chet ellik mehmonlar uchun mehmonxona sifatida xizmat qilgan.

Birinchi qavati gʻishtdan, yuqori qavatlari esa ingliz Tyudor uslubida yogʻochdan qurilgan. Zina minorasimon qilib, yaʼni pagodaga oʻxshatib barpo etilgan. Kirish qismi ustidagi tom yopma qismida yashil, sariq va qizil rangli vitraj oynalar mavjud. Ichkarida ikkita kamin bor boʻlib, koʻplab Nouveau sanʼat uslubidagi plitkalar va relyef gullar naqshli shift chiroqlari bilan bezatilgan.

Taypey hikoyalar uyi hozirda choy va mahalliy tarixga oid koʻrgazmalarni namoyish etadi. U Taypey tasviriy sanʼat muzeyi yonida va Yuanshan stansiyasiga yaqin joylashgan.

Transport Binoga Taypey metrosining Yuanshan stansiyasidan shimoli-sharq tomonga piyoda yurib borish mumkin.

Kirish haqi Har bir kishi uchun kirish narxi 50 NT$. 6 yoshgacha va 65 yoshdan oshganlar bepul kirishlari mumkin.

Ish vaqti Muzey seshanbadan shanbagacha, soat 10:30 dan 18:30 gacha ochiq.

Manbalar

Turkum:Tayvandagi muzeylar