Almaty Towers (dastlabki nomi — Rahat Towers) — Qozogʻistonning Olmaota shahrida joylashgan, ikkita osmonoʻpar binodan iborat koʻp funksiyali biznes majmuasi. Majmua ofis binolari hamda birinchi qavatida savdo va koʻngilochar markazni oʻz ichiga olgan holda qurilgan.

Tarixi va tavsifi Almaty Towers majmuasi 1-sonli non zavodi oʻrnida barpo etilgan. Majmua 2004–2008-yillar davomida Rahat Palace mehmonxonasi yonida qurilgan. Ikkita minora va mehmonxona quyi qismdagi bir necha qavat orqali oʻzaro tutashtirilgan.

Minoralar balandligi 100 metr boʻlib, har biri 25 qavatdan iborat. Bu koʻrsatkich Olmaotadagi mashhur Qozogʻiston mehmonxonasi balandligi bilan tengdir. Majmuaning umumiy maydoni qariyb 89 000 m² ni tashkil etadi.

Majmuaning diqqatga sazovor jihatlaridan biri binolarning maxsus yoritish tizimi boʻlib, u ayniqsa tungi vaqtda yaqqol koʻzga tashlanadi. Almaty Towers Olmaota shahridagi Satpayev va Bayzakov koʻchalari kesishmasida joylashgan.

Arxitekturasi Binolar monolit-karkas texnologiyasi asosida qurilgan boʻlib, tashqi qismi kulrang keramogranit bilan qoplangan hamda qoraytirilgan vitraj oynalari bilan uygʻunlashtirilgan. Galereyasi

Manbalar

Havolalar www.almatytowers.kz — Ofitsialniy sayt biznes-kompleksa V Almati stroitsya mnogofunksionalniy kompleks „Raxat Tauers“ Turkum:Olmaotadagi bino va inshootlar