Alevtina Vladimirovna Ibragimova (, 2005-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi.

Ibragimova 2024-yil 14-oktyabrda WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 275-oʻrin, 2025-yil 19-mayda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 196-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichlari hisoblanadi.

Sport faoliyati 2024-yilda Ibragimova tennischi Ekaterina Ovcharenko bilan juftlik yoʻnalishida W75 tasnifidagi Andrézieux-Bouthéon ochiq turnirida gʻalaba qozongan.

2024-yil avgust oyida u Germaniyaning Leipzig shahrida oʻtkazilgan musobaqada yakkalik yoʻnalishi boʻyicha faoliyatidagi ilk yirik unvonni qoʻlga kiritgan. Finalda u germaniyalik Aleksandra Vecicni uch setda magʻlub etgan. 2024-yil noyabr oyida esa niderlandiyalik sherigi Lian Tran bilan Lyuksemburgning Pétange shahrida oʻtkazilgan ITF W75 tasnifidagi turnirning juftlik bahslarida chempionlikka ega chiqqan.

2025-yilda Ibragimova 2025-yilgi Yozgi Butunjahon universiada oʻyinlarining juftlik bahslarida bronza, yakkalik bahslarida esa kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar