Imaichi toʻgʻoni (yaponcha: 今市ダム) — Yaponiyaning Tochigi prefekturasidagi Nikkō shahridan 4 kilometr gʻarbda, Togawa daryosida joylashgan gravitatsion turdagi betonli toʻgʻon. Toʻgʻon elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladi hamda 1 050 megavatt quvvatga ega Imaichi nasosli gidroakkumulyatsion elektr stansiyasining quyi suv ombori vazifasini bajaradi, yuqori suv ombori esa Kuriyama toʻgʻoni tomonidan hosil qilingan. Toʻgʻon TEPCOga tegishli boʻlib, qurilishi 1979-yilda boshlangan va 1986-yilda qurib bitkazilgan. Suv omborining umumiy sigʻimi 9,1 million kub metrni tashkil etadi. Shundan 6,2 million kub metri elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Yana qarang Tochigi prefekturasi toʻgʻonlari ro‘yxati

Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi to‘g‘onlar Turkum:Yaponiya to‘g‘onlariga oid chala maqolalar