Linda Magdalena Cullberg Lampenius (1970-yil 26-fevralda tug'ilgan)— finlandiya va shvetsiyalik klassik skripkachiDagens Nyheter, 23 February 2010.. Xalqaro miqyosda Linda Brava taxallusi bilan tanilgan. U Finlandiyada shved tilida soʻzlashuvchi finlar oilasida tugʻilgan. Finlandiya hamda Shvetsiyaning fuqaroligiga ega. Lampenius oʻz avlodining eng koʻp qirrali va yuksak mahoratli ijrochilaridan biri sifatida taʼriflangan. Lampenius pop, rok, folk, techno, kino musiqasi va jazz kabi janrlarda ijod qilganLinda. WSOY, 2003. . U 2026-yilgi Eurovision tanlovida Pete Parkkonen bilan birga „Liekinheitin“ qoʻshigʻi orqali Finlandiya sharafini himoya qilagan va 279 ochko qoʻlga kiritib, 6-oʻrinni egallagan.

Faoliyati va kelib chiqishi Lampenius musiqa hayotining muhim qismi boʻlgan shved tilida soʻzlashuvchi finlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Börje Lampenius (1921–2016) teatr rejissyori, aktyor, qoʻshiqchi, shuningdek myuzikl va operettalar bastakori boʻlgan. Onasi Ulla Eklund esa sobiq aktrisa va qoʻshiqchi hisoblanadi. Ularning ikkalasi ham Helsinkidagi Shved teatrida faoliyat yuritganLampenius, Linda in Uppslagsverket Finland..

Lampenius uch yoshidan boshlab ota-onasi bilan birga qoʻshiqchi sifatida sahnaga chiqa boshlagan. Keyinchalik u yakkaxon va orkestr ijrolaridan tashqari, otasi pianinoda joʻr boʻlgan holda skripka chalgan, onasi esa ular bilan birga kuylagan. 1978-yilda „Vasabladet“ gazetasi uning muvaffaqiyatli yakkaxon konsertidan soʻng Lampeniusni „eslab qolishga arzigulik skripkachi bola“ deb taʼriflagan.

1997-yilda Finlandiyani tark etganidan soʻng, Lampenius Los Angeles, London va Stokgolm shaharlarida yashagan. U shved advokati Martin Cullberg bilan turmush qurgan va ularning Olivia (2009-yilda tugʻilgan) hamda Cecilia (2013-yilda tugʻilgan) ismli ikki qizi bor. Bravaning qaynotasi professor Johan Cullberg, qaynonasi esa psixoterapevt Marta Cullberg Weston hisoblanadiMe Naiset, 2/2010.. U 2011-yilda Shvetsiya fuqaroligini olganidan keyin Finlandiya va Shvetsiyaning fuqaroligiga ega boʻlgan.

Bolalikdagi skripkachilik faoliyati Musiqiy bolalar bogʻchasida tahsil olganidan keyin, Lampenius besh yoshida Colourstrings uslubining yaratuvchisi Géza Szilvaydan skripka chalishni oʻrgana boshlagan. Keyin Brava oʻz faoliyati yetti yoshida Helsinki Strings aʼzosi va solisti sifatida oʻzidan ikki va hatto uch baravar katta musqiachilar bilan boshlaganThe Upbringing of a Talented Violinist. Helsinki University Printing House, 2001. .

Bolalik davrida Lampenius Helsinki Strings bilan butun dunyo boʻylab gastrol safarlarida boʻlib, London, Nyu York va Tokyo kabi shaharlarda konsertlar bergan. Bolalar skripkachisi sifatida u YLE telekanalida namoyish etilgan „Minifiddlers in Musicland“ nomli badiiy-taʼlimiy telekoʻrsatuvda ham bir necha bor qatnashganClassic FM Magazine, October 1999..

Qisqa vaqt ichida Lampenius istiqbolli yosh skripkachi sifatida „Swedish Cultural Foundation“ stipendiyasiga sazovor boʻlganBettina på turné TV series on YLE FST5, 26 May 2008.. Shu bilan bir qatorda, Helsinki Strings konsertmeysteri etib tayinlangan va 11 yoshida Finlandiya Radio Simfonik Orkestrining yakkaxon ijrochisi sifatida chiqish qilganGood Morning Finland on MTV3, 12 June 2008.. Bir vaqtning oʻzida u Helsinki Strings tarkibida yakkaxon ijrolar uchun tanlangan boshqalar qatori Angliyada gastrollarda boʻlganThe Sunday Times, 20 July 1997..

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari