Lou Deleuze (2014-yil 23-martda tugʻilgan) — fransiyalik bolalar aktrisasi va qoʻshiqchisi. U Fransiya vakili sifatida „Ce monde“ qoʻshigʻi bilan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2025“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan hamda 248 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Mazkur natija tanlov tarixidagi ikkinchi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, faqat 2019-yilgi Polsha vakilining natijasidan ortda qolgan.
Bigorafiyasi Deleuze 2014-yil 23-martda Il-de-Frans mintaqasida tugʻilgan. Uning otasi torli cholgʻu asboblari ustasi boʻlgan. 2022-2025-yillar Sanʼatkor aktyorlik faoliyatini yetti yoshida boshlagan hamda 2022-yilda suratga olingan „Le Parfum vert“ filmida rol ijro etgan.
2024-yilda Deleuze Ispaniyaning Madrid shahrida oʻtkazilgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2024“ qoʻshiq tanlovida Fransiya vakili boʻlish uchun saralashda qatnashgan, biroq tanlovdan oʻta olmagan. Oʻsha yilning oʻzida u „La France a un incroyable talent“ loyihasining oʻn toʻqqizinchi mavsumida ham ishtirok etgan.
2025-yil 29-sentyabrda qoʻshiqchi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2025“ qoʻshiq tanlovida Fransiya vakili sifatida eʼlon qilingan. John Claes, Jonathan Thyssens va Linh tomonidan yozilgan „Ce monde“ qoʻshigʻi ham ayni shu kuni taqdim etilgan.
Deleuze 13-dekabr kuni Tbilisida boʻlib oʻtgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari Turkum:Yashayotgan insonlar