Lutfi Aleskerzoda (, ; 4-fevral 1921, Ozarbayjon SSR, Novxanı — 6-sentyabr 2017, Berkley, Kaliforniya) — amerikalik matematik va faylasuf, „noaniq mantiq“ atamasiPelletier, Francis Jeffry (2000). „Review of Metamathematics of fuzzy logics “ (PDF). The Bulletin of Symbolic Logic. 6 (3): 342—346. JSTOR 421060. doi:10.2307/421060Vladimir Dimitrov, Victor Korotkich. „Fuzzy Logic: A Framework for the New Millennium“ // Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 2013, ISBN 978-3-7908-2496-4. „This perspective emerges out of the ideas of the founder of fuzzy logic — Lotfi Zadeh, to develop soft tools for direct computing with human perceptions.“Lotfi Zadeh, inventor of ‘fuzzy logic,’ dies at 96 // Berkley News. muallifi va noaniq toʻplamlar nazariyasining asoschilaridan biriDash, Sujata, Tripathy, B. K., Rahman, Atta ur. „Handbook of Research on Modeling, Analysis, and Application of Nature-Inspired Metaheuristic Algorithms“ // IGI Global, 2017, ISBN 1-5225-2858-X, 9781522528586. P.302 „Fuzzy Sets Fuzzy set was first introduced in the year 1965 by Lotfi A. Zadeh and Dieter Klaua“Kumar S. Ray „Soft Computing and Its Applications, Volume One: A Unified Engineering Concept“ // CRC Press, 2014, ISBN 1-926895-38-X, 9781926895383. P. 349 „As early as 1965, independent of Zadeh’s approach, the German mathematician presents two versions for a cumulative hierarchy of many-valued sets.“, Kaliforniya universiteti professori.
Lutfi Aleskerzoda taklif qilgan „noaniq mantiq“ matematika bilan odamlar muloqot va dunyo bilan oʻzaro aloqada boʻlishda tayanadigan intuitiv muloqot uslubini bogʻlashga urinish ediLotfi Zadeh, Father of Mathematical ‘Fuzzy Logic,’ Dies at 96 // The New York Times..
Hayoti Novxanı qishlogʻida, Boku yaqinida Lutfi Aleskerzoda (yoki Askar Zade) ismi bilan tugʻilgan. Otasi — Ragim Aleskerzade (1894–1980), jurnalist, aslida ozarbayjon millatiga mansub, Eron fuqarosi boʻlib, Ardabildan ediSocial Security Death Records : (20 avgusta 1894 — avgust 1980).; onasi esa — Feyga (Fanya) Moiseevna Korenman (1897–1974)A Phenomenon in Modern Science or Who Are You Lotfi Zadeh? : Lotfi Zadeh with his parents, mother Feyga, father Rahim, 1970 (foto).Biography & Genealogy Master Index (BGMI) : V dannoy baze dannix devichya familiya materi Lotfi Zade ukazana kak Korenman (Fanny Alesker Korenman Zadeh).Fanny Zadeh (1897—1974) bolalar shifokori, asli kelib chiqishi boʻyicha yahudiy boʻlib, Odessadan ediFay Zadeh. My life and travels with the father of fuzzy logic. TSI Press: Albukerke, 1998.. Oilasi Ardabildan boʻlgan Ragim Aleskerzade Birinchi jahon urushi yillarida haftalik „Eron“ gazetasi xorijiy muxbiri sifatida Boku shaharga yuborilgan. U yerda u tibbiyot instituti talabasi Fanya Moiseevna Korenmanga uylandi, uning oilasi yahudiylarga qarshi pogromlar paytida Odessani tark etgan edi. Yangi iqtisodiy siyosat yillarida u butunlay gugurt ulgurji savdosi bilan shugʻullangan. Oila Bokuda Aziatskaya va Maksim Gorkiy koʻchalari kesishmasida yashagan.
Birinchi sinfdan to toʻrtinchi sinfgacha Lutfi Aleskerzoda Bokudagi rus maktabi 16-maktabda oʻqigan, bolaligida juda koʻp kitob oʻqigan. Ham rus adabiyotining klassik asarlarini, ham jahon klassikasini ruscha tarjimalarda mutolaa qilgan. 1931-yilda mamlakatdagi ogʻir iqtisodiy vaziyat sabab Askerzade oilasi Eronga koʻchib oʻtdi. Sakkiz yil davomida Tehrondagi Amerika kollejida (keyinchalik Alborz nomi bilan mashhur boʻlgan, oʻqitish tili fors tili boʻlgan missioner presviterian maktabi) oʻqidi, soʻngra Tehron universitetining elektrotexnika fakultetida tahsil oldi (1942-yilda tugatgan). Kelajakdagi rafiqasi Fanya Zand (turmushga chiqqandan soʻng Fey Zade, 1920–2017) asli Dvinskdan boʻlgan yahudiylar oilasidan chiqqan. U keyinchalik Germaniyaga koʻchib oʻtgan va u yerdan hokimiyat tepasiga natsistlar kelgach Tehronga qochib kelgan. Lutfi Aleskerzoda bu ayol bilan, u hali maktabda oʻqiyotgan kezlarda tanishgan. Oradan koʻp yillar oʻtib, Fey Zade erining eng toʻliq biografiyasi — „Mening hayotim va noaniq mantiq otasi bilan sayohatlarim“ kitobining muallifiga aylandiFay Zadeh. My Life and Travels with the Father of Fuzzy Logic, 1998. 1998-yilda ingliz tilida nashr etilgan bu kitob 2001-yilda rus tiliga tarjima qilinganFey Zade. Jizn i puteshestviya s otsom nechyotkoy logiki ot Fey Zade. Baku: Chashiogli, 2001. — 308 s..
Universitetni tugatgach, Eron hududida joylashgan amerika qoʻshinlariga qurilish materiallari yetkazib berish bilan shugʻullangan otasi bilan birga ishladi. 1944-yil iyul oyida Qoʻshma Shtatlarga koʻchib bordi va sentyabr oyida Massachusets texnologiya institutiga oʻqishga kirdi (1946-yilda elektrotexnika muhandisligi boʻyicha magistr darajasini oldi). Uni tamomlagach, Kolumbiya universiteti aspiranturasiga oʻqishga kirdi va 1949-yilda dissertatsiyasini himoya qilgach, shu yerda muhandislik boʻlimida assistent boʻlib qoldi. Bu vaqtda uning ota-onasi ham Nyu-Yorkda yashagan (onasi shifokor boʻlib ishlagan).
1959-yildan boshlab Kaliforniya universitetida ishlagan.
Lutfi Aleskerzoda 1965 va 2008-yillarda Bokuga tashrif buyurgan. 2008-yil dekabr oyida, olimning Bokudan Berkliga qaytganidan taxminan bir oy oʻtib, u yurak xurujiga uchraydi, kasallikdan forigʻ boʻlgach, yana ishga qaytadi.
2017-yil avgust oyida u Ozarbayjon prezidenti maʼmuriyatiga murojaat qilib, uni Ozarbayjonda dafn etishni soʻraydi. Olim 2017-yil 6-sentyabrda vafot etdi. Vafotidan oldin u oʻzini musulmon udumlariga koʻra, dafn namozi oʻqilgan holda dafn etishni soʻragan edi. Marhumning jasadi 29-sentyabr kuni Bokuga olib kelindi va Faxriy xiyobonda dafn qilindi. 2018-yil 6-sentyabrda qabri ustiga Omar Eldarov tomonidan yodgorlik oʻrnatildi.
Ilm-fanga qoʻshgan hissasi 1965-yilda noaniq toʻplamlar nazariyasiga oid asosiy ishini eʼlon qilib, unda bu nazariyaning matematik apparatini bayon qildi. 1973-yilda u noaniq mantiq () nazariyasini, keyinchalik esa yengil hisoblash () nazariyasini hamda soʻzlar va tasavvurlar bilan hisoblash () nazariyasini taklif qildi.
Google Scholar maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil noyabr holatiga uning ishlariga 88,7 mingta havola qayd etilgan boʻlib, ularning 26 mingtasi jurnalida chiqqan noaniq toʻplamlar haqidagi ilk maqolasiga tegishlidir. 2017-yil oktyabr holatiga koʻra, Scopus 1950–1956-yillarda nashr qilingan Lutfi Aleskerzodaning asarlaridan 20 tasiga ishora qiluvchi 482 ta ilmiy ishniZadeh, Lotfi A. Publication range: 1949—1956 // Scopus. va 1957-yildan hozirgacha nashr qilingan Lutfi Aleskerzodaninng 179 ta asariga ishora qiluvchi 53708 ta ilmiy ishni qayd etgan, ularning 36165 tasi 1965-yilda noaniq toʻplamlar haqidagi maqolaga ishora qiladiZadeh, Lotfi A. Publication range: 1957 — Present // Scopus..
Mukofotlar thumb|Lotfi Zadeninng qabri Faxriy xiyobonda, Boku. Honda mukofoti (1989) Richard Hemming medali (1992) Kampe de Ferye mukofoti (1992) Rufus Oldenburger medali (1993) IEEE faxriy medali (1995) Okava mukofoti (1996) Egleston medali (2007) Benjamin Franklin medali (2009) Doʻstlik ordeni (7-fevral 2011-yil, Ozarbayjon) — madaniyatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyishga ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qoʻshgan hissasi orqali koʻrsatgan ulkan xizmatlari uchun. BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards (2012) Nizomiy Ganjaviy nomidagi oltin medal (2016). „Oltin gʻoz“ mukofoti (2018)
Manbalar
Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:4-fevralda tugʻilganlar Turkum:6-sentyabrda vafot etganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar