Shahzoda Mehmed Nizomiddin afandi (; 1908-yil 18-dekabrda tugʻilgan — 1933-yil 19-martda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, shahzoda Yusuf Izzeddinning oʻgʻli, sulton Abdulazizning nabirasi.
Hayoti
Shahzoda Mehmed Nizomiddin 1908-yil 18-dekabrda Beshiktosh saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulaziz va uning rafiqasi Dürrinev Kadınning oʻgʻli Shahzoda Yusuf Izzeddin boʻlgan. Onasi cherkas millatiga mansub Leman xonim edi. Nizomiddinning oʻzidan ikki yosh katta Hadicha Shukriya Sulton ismli opasi va yetti yosh kichik Mehrishoh Sulton ismli singlisi boʻlgan. U Izzeddining uchinchi farzandi va ikkinchi oʻgʻli, Leman xonimning esa ikkinchi farzandi edi.
Otasi 1916-yilda oʻz joniga qasd qilgach, Nizomiddin onasi va opa-singlisi bilan birga sulton Mehmed V dan marhum otasining mulkini taqsimlab berishni soʻrab yurgan paytda toʻrt oy davomida Dolmabahçe saroyida mehmon sifatida yashagan. U shahzodalar maktabida taʼlim olgan. 1918-yilga kelib Nizomiddin Usmoniylar armiyasida ikkinchi bosh shtab tarkibidagi piyoda qismida serjant boʻlib xizmat qilgan.
1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingach, Nizomiddin va singlisi Mehrishoh Ruminiyaga joylashdi. Surgunda Nizomiddin nosogʻlom hayot kechirib, kasal boʻlib qoldi. Shundan soʻng onasi bir muddat uning yonida turdi. Opasi Shukriya esa singlisi Mehrishohni oʻzi bilan Misrning Qohira shahriga olib ketdi. Nizomiddin ichkilik ichishni boshlagan va sil kasalligiga chalingan edi. Shifokor tavsiyasiga koʻra, Nizomiddin 1931-yilda davolanish uchun Shveysariyaning Lokarno shahriga bordi. Biroq bu paytga kelib uning kasalligi davolab boʻlmaydigan darajaga yetgan edi.
Shahzoda Usmon Fuad Shveysariyada uni koʻrishga keldi. Biroq Nizomiddin 1933-yil 19-martda vafot etdi, Usmon Fuad esa uning jasadini Misrning Qohira shahriga olib bordi va oʻsha yerda dafn etdi. 1967-yil 16-avgustda Nizomiddinning jasadi Istanbulning Divanyolu hududida joylashgan ulugʻ bobosi sulton Mahmud II maqbarasiga qayta dafn etildi.
Mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni.
Harbiy tayinlovlar Harbiy unvonlar va armiya lavozimlari Usmoniylar armiyasi piyoda qoʻshinlarida serjanti, 1918-yil.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1933-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari