Nazrin Jafarova (; 1997-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — ozarbayjonlik tennischi. WTA turidagi debyut ishtirokini 2013-yilgi Boku kubogida amalga oshirgan. Biroq musobaqaning birinchi bosqichida dunyo reytingida 62-oʻrinda turgan xorvatiyalik tennischi Donna Vekicga oʻyinni boy bergan. Shuningdek, juftlik bahslarida Tamari Chalaganidze bilan birga ishtirok etgan va birinchi raundda Ilona Kremen va Marina Melnikovaga magʻlub boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik ayol tennischilar Turkum:21-asr ozarbayjonlik ayol sportchilar