Shahzoda Mehmed Ertugʻrul afandi (; 1913-yil 5-noyabr — 1944-yil 2-iyul) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Mehmed VI va Müveddet Kadınning oʻgʻli. Mehmed VI ning eng kichik farzandi va yagona oʻgʻli.
Yoshligi
Shahzoda Mehmed Ertugʻrul 1912-yil 5-noyabr kuni otasining Çengelköyda joylashgan saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed VI sulton Abdulmajid I va Gülistu Kadınning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Müveddet Kadın Kato Davut Çıhcı va Oysha xonimning qizi edi. Ertugʻrul sulton Mehmed VI ning toʻrtinchi va eng soʻnggi farzandi, uning yagona oʻgʻli, Müveddet Kadınning esa yagona farzandi boʻlgan. Shahzoda xususiy taʼlim olgan. Uning murabbiyi imperiya maktabida adabiyotdan dars bergan Kaymakam Emin bey boʻlgan.
Surgundagi hayoti Mehmed VI 1922-yil 17-noyabr kuni Turkiyani tark etganida oʻzi bilan birga faqat oʻgʻli Ertugʻrul va oz sonli saroy mulozimlarini olib ketgan. Oilaning boshqa aʼzolari, jumladan, onasi 1924-yilda Sanremo shahriga ularning oldiga borgan. Ertugʻrul va uning onasiga Mehmed VI ning villasida bir qavat ajratilgan. Otasi 1926-yilda vafot etgach, oʻsha paytda 14 yoshda boʻlgan Ertugʻrul onasidan ajralib, oʻgay opasi Sabiha Sulton bilan yashash uchun ketgan.
Bu orada onasi Misrga borgan, u yerda bir turk kishiga turmushga chiqqan. Soʻngra sultonlarning bevalariga Turkiyaga qaytishga ruxsat beruvchi qonundan foydalanib, yana Istanbulga koʻchib oʻtgan hamda Çengelköydagi saroyda yashay boshlagan. Ertugʻrul onasining ikkinchi turmushini hech qachon qabul qilmagan va onasini boshqa koʻrmagan. Shundan soʻng shahzoda Grassdagi internat maktabiga joylashtirilgan va u yerda bir necha yil tahsil olgan.
Vafoti Ertugʻrul 1944-yil 2-iyul kuni Misrning Qohira shahrida 31 yoshida vafot etgan. U tennis oʻyini paytida betob boʻlib qolgan va bir necha soat oʻtgach, nomaʼlum kasallikdan vafot etgan. Vafotidan keyin Qohiradagi Abbos Hilmi posho maqbarasiga dafn qilingan. Uning vafoti onasini larzaga solgan, tushkunlikka tushib qolgan va oʻziga kela olmagan.
Mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:1944-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari