Moskva hayvonot bogʻi () — maydoni 21,5 gektar (53 akr) boʻlgan, Rossiyadagi eng katta va Yevropadagi eng qadimgi hayvonot bogʻlaridan biri.
Tarixi Moskva hayvonot bogʻiga 1864-yilda Moskva davlat universiteti professor-biologlari K. F. Rulje, S. A. Usov va A. P. Bogdanov tomonidan asos solingan. 1919-yilda hayvonot bogʻi milliylashtirilgan. 1922-yilda egalik huquqi Moskva hukumatiga oʻtkazildi va oʻshandan beri ularning nazorati ostida qolib kelmoqda.
Ochilgan vaqtida hayvonot bogʻi 10 gektar (25 akr) maydonni egallagan boʻlib, unda 286 ta hayvon bor edi. 1926-yilda hayvonot bogʻi tutash hududlar hisobiga kengaytirildi va uning maydoni 18 gektarga (44 akr) yetdi.
1933-yilda tabiatshunos va boʻlajak yozuvchi Vera Chaplina hayvon bolalari uchun maxsus toʻsiq boʻlgan „yashil maydoncha“ni yaratdi. Bu yerda onalari boqishdan bosh tortgan turli hayvon bolalari nafaqat parvarish qilindi, balki birga tinch-totuv yashashga ham oʻrgatildi. Ushbu tajriba tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va koʻp yillar davomida „yashil maydoncha“ Moskva hayvonot bogʻining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib qoldi.
Bundan tashqari, hayvonot bogʻi yana bir bor kengaytirildi. Dengiz akvariumi, qushlar aviariysi, tungi jonzotlar koʻrgazmasi, dengiz sherlari koʻrgazmasi va bolalar uchun moʻljallangan boʻlim kabi yangi eksponatlar ochildi.
Moskva hayvonot bogʻida taxminan 1000 turdan iborat 7500 dan ortiq hayvonlar mavjud boʻlib, u qariyb 21,5 gektar (53 akr) maydonni egallaydi.
Moskva hayvonot bogʻi muzeyi Muzey 2008-yilda hayvonot bogʻi hududida joylashgan, XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qurilgan ikki qavatli binoda tashkil etilgan. 2015-yildan buyon muzey barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Markaziy va yon zallarda Moskva hayvonot bogʻi tarixiga bagʻishlangan ekspozitsiya hamda doimiy tabiiy-ilmiy koʻrgazma joy olgan. Muzey kolleksiyasi butun dunyodan toʻplangan 10 000 dan ortiq hayvonot bogʻlari gerblarini, shuningdek, Vasiliy Vatagin, Aleksey Komarov, Vadim Trofimov, Andrey Marts va Aleksey Svetkov kabi rus animalistika janri ustalarining yuzlab rangtasvir, haykaltaroshlik va chizma asarlarini oʻz ichiga oladiOfitsialniy sayt Moskovskogo zooparka. Muzey zooparka.
Tadqiqot va taʼlim markazi Moskva hayvonot bogʻi oʻzining taʼlim instituti va tadqiqot markaziga ega. Hayvonot bogʻi xodimlari va oʻqituvchilar uchun toʻliq tayyorgarlikdan tashqari, bu yerda hayvonot bogʻi va akvarium xodimlari, veterinarlar, oʻqituvchilar va koʻngillilar uchun malaka oshirish dasturlari, shuningdek, zoopsixologiya kurslari mavjud. Moskva hayvonot bogʻi Sovet davridan buyon Rossiyadagi barcha hayvonot bogʻlarining raisi boʻlib kelayotgani sababli, u milliy oʻquv markazi hisoblanadi. Mazkur markaz 2017-yilda amaldagi direktor Svetlana Akulova va Björn Stenvers tomonidan tashkil etilgan.
Hayvonlar va eksponatlar
Eski hududdagi eksponatlar
Flamingo hovuzi Katta flamingo Qizil flamingo Qora ayiqlar Osiyo qora ayigʻi Xitoy faunasi Katta panda Qushlar olami Qizil ara Yashil qanotli ara Soldat ara Ko‘k-sariq ara Ko‘k tomoqli ara Sariq yuzli amazon Katta oq tojli kakadu Katta sarg‘ish tojli kakadu Korella To‘lqinsimon to‘ticha Eclectus
Oldingi eksponatlar
Delfinariy 2001-yildan 2014-yilgacha hayvonot bog‘ining eski hududida Moskva hayvonot bog‘i delfinariysi faoliyat ko‘rsatgan. Antisanitariya holatlari va hayvonlarni boqish tartib-qoidalarining buzilishi sababli ushbu ko‘rgazma tugatilgan. Beluxa (oq delfin) Afalina (qora delfin)
Direktorlari Hayvonot bog‘iga turli yillarda quyidagi shaxslar direktorlik qilgan:
Yakov Kalinovskiy (1864–1867) Sergey Usov (1867–1873) Aleksandr Maklakov (1878–1880) Vladimir Popov (1878–1881) Aleksandr Chelyukanov (1881–1883) Vladimir Vagner (1883–1886) Nikolay Kulagin (1889–1894) Aleksandr Valter (1894–1895) Ippolit Antushevich (1895–1904) Vladislav Pogorjelskiy (1904–1917) Yuriy Belogoloviy (1917–1919) Aleksandr Kots (1919–1924) Mixail Zavadovskiy (1924–1928) Sergey Novikov (1928–1932) Yevgeniy Klimek (1932–1936) Lev Ostrovskiy (1936–1940) Trofim Burdelev (1940–1950) Sergey Butigin (1950–1951) Igor Sosnovskiy (1951–1977) Vladimir Vladimirovich Spitsin (1977–2013) Natalya Kolobova (2013–2016) Svetlana Akulova (2016-yildan hozirgacha)
Manbalar
Adabiyotlar Vera Chaplina True Stories from the Moscow Zoo (1970) Englewood Cliffs, New Jersey; Prentice-Hall, Inc. P. 152 (translated by Lila Pargment, Estel Titiev). (in Russian)
Havolalar
photography Moscow Zoo 2010 Moscow Zoo on zooinstitutes.com Moscow Zoo breeding nursery on zooinstitutes.com Moscow Zoo Academy
Turkum:Rossiya hayvonot bog‘lari Turkum:Moskva bino va inshootlari