Naděžda Kavalírová (1923-yil 13-noyabrda tugʼilgan — 2017-yil 20-yanvarda vafot etgan) — chexiyalik shoshilinch tibbiy yordam mutaxassisi, inson huquqlari faoli va siyosiy mahbus. Chexoslovakiyadagi kommunistik hukumatga qarshilik harakatida faol ishtirok etgan. Keyinchalik 2003-yildan 2017-yil yanvarida vafotiga qadar Siyosiy mahbuslar konfederatsiyasi (Konfederace politických vězňů České republiky)ga rahbarlik qilgan.
Hayoti Kavalírová 1923-yilda Chexoslovakiyaning Opočno shahrida tugʻilgan. 1948-yilda kommunistik hukumat Chexoslovakiyada hokimiyatni qoʻlga olganidan soʻng Kavalírová Chex milliy sotsial partiyasi aʼzosi boʻlgani sababli Karlov universiteti tibbiyot fakultetidan haydalgan. Tez orada u mamlakatda kommunistik hukumatga qarshi muxolifat harakatida faol qatnasha boshladi. 1956-yilda Kavalírová kommunistik hukumatga qarshi davlatga xiyonat va josuslikda aybdor deb topildi. U 1956-yildan 1959-yilgacha 3 yilga siyosiy mahbus sifatida qamoq jazosiga hukm qilindi. Kavalírová Chexoslovakiya Milliy sotsial partiyasi aʼzosi boʻlgan va Praga qal’asiga yoʻnalgan talabalarning yurishida ishtirok etganNadezhda Kavalirova died. She was chairwoman of the Confederation of Political Prisoners.
Kavalírová 2007-yildan 2013-yilgacha Totalitar tuzumlarni oʻrganish institutiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u 2003-yildan 2017-yil yanvarida vafotiga qadar Siyosiy mahbuslar konfederatsiyasi rahbari boʻlib faoliyat yuritgan.
Naděžda Kavalírová 2017-yil 20-yanvarda Chexiyaning Pardubice shahrida 93 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:Chexiyalik inson huquqlari faollari Turkum:Ayol inson huquqlari faollari Turkum:Chexoslovakiyalik shifokorlar Turkum:Chexiyalik ayol shifokorlar Turkum:Chexoslovakiyalik faollar