Alekberov, Anar Sahib oʻgʻli (; 13-aprel 1977-yil) — Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2019-yildan), Haydar Aliyev markazi direktori (2012-yildan). Ozarbayjon avtosport federatsiyasi prezidenti (2014-yildan), Siyosiy fanlar boʻyicha fan nomzodi.
Hayoti Anar Alekberov 1977-yil 13-aprelda Ozarbayjonning Boku shahrida tugʻilgan.
1998-yilda xalqaro menejment mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat darajasini Boku Gʻarb universitetida olgan. 2001-yilda shu universitetda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasini olgan.
Faoliyati Anar Alekberov 2004-yildan Haydar Aliyev jamgʻarmasi ijrochi direktori lavozimini egallaydi.
Ozarbayjon Respublikasi prezidentining 2012-yil 10-iyuldagi farmoyishiga muvofiq Haydar Aliyev markazi direktori etib tayinlangan.
Anar Alekberov 2014-yil 21-fevralda Ozarbayjon avtosport federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
2017-yilda Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti Mehriban Aliyevaning yordamchisi etib tayinlangan. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning 2019-yil 29-noyabrdagi farmoyishiga muvofiq Anar Alekberov Ozarbayjon Respublikasi birinchi vitse-prezidenti yordamchisi lavozimidan ozod etildi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi etib tayinlandi.
Ilmiy faoliyati 2009-yilda Inson huquqlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot institutida, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasida (OMFA) Anar Alekberov „Ozarbayjonda jamgʻarma siyosati Haydar Aliyev jamgʻarmasi misolida“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, siyosiy fanlar boʻyicha fanlar nomzodi ilmiy darajasini oldi. Ilmiy ishda Haydar Aliyev jamgʻarmasi misolida Ozarbayjonda xayriya jamgʻarmasi siyosatining yoʻnalishlari tadqiq etilgan, davlat va xayriya institutlarining muvofiqlashtiruvchi faoliyati qayd etilgan. 2010-yilda monografiya nashr etilganIzdana monografiya „Fondovaya politika v Azerbaydjane na primere Fonda Geydara Alieva“.
Ilmiy ishlari Alekberov A. „Ozarbayjonda demokratik muhit va nodavlat tashkilotlar“. // „Dirchelіsh — XXI asr“ jurnali, 2007, № 114—115, 133—141-betlar. Alekberov A. „Nomoddiy meros durdonalarini muhofaza qilishning dolzarb vazifalari“. // Ilmiy tahliliy jurnal „Xalqaro huquq va integratsiya muammolari“, 2008, № 1, 42–46-betlar. Alekberov A. „Zamonaviy dunyoda xayriya harakati“. // „Huquq va siyosatshunoslik“. — Tbilisi, 2009, № 2 (7), 36–38-betlar. Alekberov A. „Ozarbayjonda jamgʻarma siyosati Heydar Aliyev jamgʻarmasi misolida“, (monografiya). — Boku, „Ozan“, 2009, 152 bet.
Mukofotlari va sovrinlari „Shuhrat“ ordeni (6-may 2019-yil) — Haydar Aliyev jamgʻarmasining 15 yilligi va Ozarbayjonning jamoat va madaniy hayotidagi samarali faoliyati munosabati bilanRasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki o nagrajdenii sotrudnikov Fonda Geydara Alieva Sanʼat va adabiyot ordeni (2013-yil, Fransiya). Polsha Respublikasi xizmatlari uchun ordeni (2009-yil, Polsha) Xizmatlar uchun orden (2014-yil, Vengriya) Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 90 yillik yubileyi munosabati bilan Quvayt Davlatida konkurl boʻyicha musobaqalar tashkil etgani uchun Quvayt ot sporti federatsiyasining medali va tashakkur plakati (2013-yil) Kotor-Varosh shahri munitsipalitetining „Oltin diplomi“ (2018-yil, Bosniya va Gersegovina)
Yana qarang Haydar Aliyev markazi Haydar Aliyev jamgʻarmasi
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonlik siyosatchilar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:13-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar