Eleanor Calverley, tibbiyot doktori (1887–1968) — Kuvaytda faoliyat yuritgan ilk ayol tibbiy missioner boʻlib, erkak shifokorlarga murojaat qilish taqiqlangan arab ayollari ishonchini qozongan.
Ilk hayoti Eleanor Calverley 1887-yil 24-martda Woodstock, Nyu-Jersida Uilyam Lyuis va Jeyn Long Hillman Teylor oilasida tugʻilgan. U Nyu-Xeyven, Konnektikut davlat maktablarida tahsil olgan. Keyinchalik Pensilvaniya ayollar tibbiyot kollejida tibbiyot yoʻnalishida oʻqib, 1908-yilda uni tamomlagan.
1909-yil 6-sentyabrda Eleanor arab va islomshunoslik boʻyicha olim hamda missioner Edvin Elliott Calverley bilan turmush qurgan.
Ular birgalikda Arabiston yarimorolida ishlash uchun tayyorgarlik koʻrgan va 1911-yilda Kuvaytga koʻchib oʻtgan. U yerda uzoq yillar davomida faoliyat yuritishgan. Ularning uch nafar qizi boʻlgan: Greys, Elizabet va Eleanor.
Faoliyati Eleanor Calverley Kuvaytdagi birinchi ayol shifokor boʻlgan. U aholiga, ayniqsa ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida oʻz uyiga tutash kichik dispanser tashkil qilgan.
1919-yilda uning rahbarligida Kuvaytda birinchi ayollar shifoxonasi ochilgan.
U oʻz xotiralarida quyidagilarni yozgan:
Manbalar
Adabiyotlar http://www.swvatoday.com/entertainment_life/article_e2fb7f0c-d060-11e5-95dd-33d6de1d8c63.html
Turkum:Kuvayt sog‘liqni saqlash tizimi Turkum:Ayollar salomatligi Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:Kuvaytdagi protestant missionerlar Turkum:Ayol missionerlar Turkum:XX asr amerikalik ayol shifokorlar Turkum:XX asr amerikalik shifokorlar Turkum:Ayollar Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:1887-yilda tugʻilganlar