Osiyo texnologiyalar universiteti — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat oliy taʼlim muassasasi. Universitet Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan boʻlib, 2022-yilda tashkil etilgan.
Hozirda universitetda 8 242 nafar talaba tahsil olmoqda. Muassasa bakalavriat bosqichida 15 ta, magistratura bosqichida 6 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydi. Universitet tarkibida 3 ta kafedra, 10 ta departament va 1 ta ilmiy markaz faoliyat yuritadi. 2025-yilda Osiyo texnologiyalar universiteti QS World University Rankings reytingida doimiy ravishda Top 200 oʻrinni egallagan Qozog'istonning Àl-Fàràbï atyndaġy Qazaq ulttyk universiteti (KazNU) bilan 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Tarixi
Tashkil etilishi
Osiyo texnologiyalar universiteti 2022-yil 19-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida Qarshi shahrida tashkil etildi. Muassasa Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi nodavlat oliy taʼlim muassasalari qatoriga kiradi.
Universitet tashkil etilishining dastlabki bosqichidanoq xalqaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Qisqa vaqt ichida Rossiya Federatsiyasi, Chexiya, Hindiston va Qozogʻistonning bir qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Xorijiy professor-oʻqituvchilar oʻquv jarayoniga jalb qilindi, talabalar va xodimlar uchun xalqaro malaka oshirish dasturlari yoʻlga qoʻyildi.
Rivojlanish bosqichlari
Universitetning tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim tizimini isloh qilish va nodavlat oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish boʻyicha olib borayotgan siyosati doirasida amalga oshirildi. Mazkur siyosat Oʻzbekistonda xususiy va nodavlat sektorning taʼlimdagi ulushini oshirishga qaratilgan.
2025–2026 oʻquv yilidan boshlab universitet talabalar uchun yangi, zamonaviy oʻquv binolarini va eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan dars xonalarini foydalanishga topshirdi. Bu esa oʻquv jarayonining sifatini yanada oshirishga zamin yaratdi.
Joylashuvi va infratuzilmasi
Asosiy kampus
Universitetning bosh binosi Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Chaman MFY, Mustaqillik koʻchasi, 41-uyda joylashgan. Bundan tashqari, universitet Mustaqillik shox koʻchasi, 13-uy manzilida ham faoliyat olib boradi. Ikkinchi manzil Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Davlat muassasasi binosida joylashgan.
Moddiy-texnik baza
Universitets zamonaviy oʻquv xonalari, laboratoriyalar va kutubxona bilan jihozlangan. 2025–2026 oʻquv yilidan boshlab foydalanishga topshirilgan yangi binolar zamonaviy taʼlim texnologiyalari bilan taʼminlangan. Universitetda bepul IT kurslari tashkil etilgan boʻlib, unda talabalar dasturlash va zamonaviy axborot texnologiyalarini oʻrganish imkoniyatiga ega.
Boshqaruv
Rahbariyat
Universitetning rektori — Raxmonov Lochin Toʻxtamishovich. Rektor oliy taʼlim va boshqaruv sohasida tajribaga ega mutaxassis boʻlib, universitetni tashkil etilgan dastlabki kunlardan boshlab boshqarib kelmoqda.
Tuzilmaviy boʻlinmalar
Universitetda quyidagi asosiy tarkibiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi:
3 ta kafedra 10 ta departament 1 ta ilmiy-tadqiqot markazi
Universitetning Xalqaro aloqalar departamenti xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; Talaba va oʻqituvchi xodimlarni xorijning nufuzli taʼlim muassasalarida tajriba orttirishini tashkil etish; Xorijiy davlatlar vazirliklari va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda taʼlim koʻrgazmalari, xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish; Xorijiy hamkorlar tomonidan eʼlon qilinadigan grantlar tanloviga professor-oʻqituvchilar va talabalarni tavsiya etish; Xalqaro grantlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash va tarqatish.
Taʼlim
Bakalavriat
Universitetda bakalavriat bosqichida jami 15 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi va kechki shaklda taʼlim beriladi. Bakalavriat taʼlimining davomiyligi 4 yil.
Kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari
№ Taʼlim yoʻnalishi nomi Oʻqitish tili1Kompyuter injiniringiOʻzbekcha2Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)Inglizcha, Oʻzbekcha3Maktabgacha taʼlimOʻzbekcha4TarixOʻzbekcha5Ona tili va adabiyoti: Rus tiliOʻzbekcha, Ruscha6PsixologiyaOʻzbekcha7Oʻzbek tili va adabiyotiOʻzbekcha8Filologiya va tillarni oʻqitishOʻzbekcha9Boshlangʻich taʼlimOʻzbekcha10IqtisodiyotOʻzbekcha11Ijtimoiy ishOʻzbekcha12Biznesni boshqarishOʻzbekcha13Dasturiy injiniringOʻzbekcha14Kutubxona-axborot faoliyati (Kutubxonchilik va bibliografiya)Oʻzbekcha15Sunʼiy intellektOʻzbekcha
Magistratura
Magistratura bosqichida 6 ta mutaxassislik boʻyicha taʼlim beriladi. Magistratura taʼlimining davomiyligi 2 yil.
Magistratura yoʻnalishlari
№ Mutaxassislik nomi Oʻqitish tili1LingvistikaOʻzbekcha2Taʼlimda axborot texnologiyalariOʻzbekcha3Oʻzbek tili va adabiyotiOʻzbekcha4TarixOʻzbekcha5IqtisodiyotOʻzbekcha6Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha taʼlim)Oʻzbekcha
Qabul tizimi
Universitetga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Magistratura mutaxassisliklariga qabul til sertifikati talab etmasdan amalga oshiriladi.
Universitetda xalqaro til sertifikatlari asosida grant berish tizimi joriy etilgan. IELTS 6.0 ballni qoʻlga kiritgan talabalar 50 foizlik, IELTS 6.5 ball egalari 75 foizlik, IELTS 7.0 va undan yuqori ball egalari esa 4 yil davomida 100 foizlik grantdan foydalanish imkoniyatiga ega.
Xorijiy til sertifikatlari
Magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga kirish uchun quyidagi xalqaro tan olingan sertifikatlar qabul qilinadi:
Ingliz tili sertifikatlari
Sertifikat nomi B2 C1 C2IELTS5.5 — 6.57.0 — 8.08.5 — 9.0TOEFL iBT72 — 9495 — 113114 — 120TOEFL ITP543 — 626627 — 677–Cambridge Linguaskill160 — 179180+–
Fransuz tili sertifikatlari
Sertifikat nomi B2 C1 C2DELF / DALFDELF B2DALF C1DALF C2TCFB2C1–
Nemis tili sertifikatlari
Sertifikat nomi B2 C1 C2Goethe-ZertifikatGoethe B2Goethe C1Goethe C2Deutsches Sprachdiplom–DSD II–TestDaF (TDN)TDN 3 (B2.1)TDN 4 (B2.2–C1.1)TDN 5 (C1.2)
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Ilmiy yoʻnalishlar
Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari muntazam ravishda olib boriladi. Ilmiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) hamda ularning ilmiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish; Fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash; Kafedralardagi professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, iqtidorli talabalar va ishlab chiqarish korxonalar vakillaridan iborat innovatsion guruhlarni shakllantirish; Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalarida universitetning ishtirokini taʼminlash; Davlat grantlari va xorijiy grantlar tanlovlarida professor-oʻqituvchilar ishtirokini taʼminlash; Universitetda xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish; Talabalarni Respublika Fan olimpiadalarining I va II bosqichlariga tayyorlash va ishtirokini taʼminlash; Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.
Ilmiy anjumanlar
Universitetda respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar muntazam tashkil etiladi.
„Zamonaviy filologik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot va innovatsion metodlar“ mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi universitetda oʻtkazilgan muhim ilmiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Mazkur anjuman filologiya fanining dolzarb masalalarini yoritish, yangi ilmiy yondashuvlar va innovatsion metodlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik
Al-Farabi nomidagi Qozogʻiston Milliy universiteti (KazNU)
Osiyo texnologiyalar universitetining eng yirik va nufuzli xalqaro hamkorliklaridan biri Al-Farabi nomidagi Qozogʻiston Milliy universiteti (KazNU) bilan oʻrnatilgan hamkorlikdir. KazNU QS World University Rankings xalqaro reytingida doimiy ravishda Top 200 oʻrinni egallaydi.
Al-Farabi nomidagi QazMU da Osiyo texnologiyalar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda KazNU Kengash raisi — rektori Janseit Tuimebayev soʻzga chiqib, Oʻzbekistonning 23 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Fargʻona politexnika instituti va boshqalar bilan hamkorlik olib borilayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha kelishildi:
Injiniring, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt va menejment sohalari boʻyicha oʻqituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish; KazNU va Osiyo texnologiyalar universiteti talabalari uchun innovatsion loyihalar boʻyicha qoʻshma xakaton yoki musobaqa oʻtkazish; Raqamlashtirish va barqaror rivojlanish mavzularida qoʻshma ilmiy nashrlar tayyorlash uchun universitetlararo ilmiy guruhlar tuzish.
Osiyo texnologiyalar universiteti rektori Raxmonov Lochin Toʻxtamishovich uchrashuvda issiq qabul uchun minnatdorlik bildirdi va universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga chuqur qiziqish borligini ifodaladi. U robotika, iqlim oʻzgarishi va uning atrof-muhitga taʼsiri, fizika, iqtisodiyot va menejment sohalarini hamkorlikning eng istiqbolli yoʻnalishlari sifatida belgilab, KazNU professorlarini Osiyo texnologiyalar universitetiga taklif qilish hamda OTU uchun PhD doktorantlarini tayyorlash imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif qildi.
Ushbu hamkorlik doirasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi shartnomasi imzolandi. Dastur talabalar dastlabki ikki yilni bir universitetda, keyingi ikki yilni hamkor universitetda tahsil olishini nazarda tutadi.
Rossiya Federatsiyasi
V. G. Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik shartnomasi va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik doirasida ushbu universitetning rus tili va rus adabiyoti kafedrasi dotsentlari Poltaratskaya Svetlana Vladimirovna, Levina Ella Mixaylovna hamda xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Danilenko Ilya Aleksandrovich ikki haftalik tajriba almashinuvi dasturi doirasida Osiyo texnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular oʻzga tilli guruhlarda rus tili taʼlim yoʻnalishining 1-2-bosqich talabalari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etishdi.
Nijniy Novgorod Davlat Lingvistika Universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnoma doirasida universitetning xodimlari — „Pedagogika va xorijiy tillar“ kafedrasi oʻqituvchilari Bahodir Sulaymanov va Oybek Babamuradov „Milliy guruhlarda rus tili“ va „Milliy guruhlarda ingliz tili“ mutaxassisliklari boʻyicha malaka oshirish kurslarida qatnashib qaytdilar.
2025-yil 26-aprelda Chuvash Respublikasi taʼlim vaziri oʻrinbosari Marina Nikolayevna Lejnina boshchiligidagi delegatsiya Osiyo texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Chuvash davlat gumanitar fanlar instituti direktori Yuriy Nikolayevich Isayev va Lyudmila Nikolayevna Votyakova ham boʻldi. Tashrif davomida ikki tomonlama manfaatli shartnoma imzolashga kelishildi. Hamkorlik talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va oʻqituvchilar malakasini oshirish dasturlarini oʻz ichiga oladi.
Chexiya Respublikasi