Anjelika Byelova (1995-yil 2-iyulda, Zaporijjyada tugʻilgan) — kelib chiqishi loʻlilardan boʻlgan ukrainalik jamoat faoli, inson huquqlari himoyachisi va feminist. „Voice of Romni“ nodavlat tashkiloti asoschisi va prezidenti, Ukraina Ayollar kongressining hududiy vakili hamda EVZ fondi maslahat kengashi aʼzosi.
Biografiyasi
Oilasi Anjelika Zaporijjyada kelib chiqishi aralash oilada tugʻilib voyaga yetgan. Oilasining bir qismi Servitka loʻlilaridandir.
Katta buva va buvisi — Grigoriy Dmitrovich Padchenko hamda Mariya Andriyivna Padchenko — koʻchmanchi loʻlilar boʻlib, 1908-yilda Zaporijja viloyatidagi Komishuvaxa qishlogʻiga joylashganlar. Keyinchalik ular Zaporijjyada uy sotib olib, besh nafar farzandni tarbiyalagan. Anjelikaning katta buvasi Andriy Grigorovich Padchenko (1907–1985) Dimitrov nomidagi milliy loʻlilar kolxozida ishlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida armiya uchun otlarni taʼminlash bilan shugʻullangan. Zaporijjya nemislar tomonidan bosib olinganda, oilasi kelib chiqishi sabab taʼqibga uchrab, yashirinishga majbur boʻlgan.
Anjelikaning buvisi Mariya Andriyivna Semak (1938-yilda tugʻilgan) rom yetakchisi va muhandis boʻlgan. U 50 yildan ortiq vaqt davomida Zaporijjadagi Texnik inventarizatsiya byurosida ishlagan hamda rom jamoasiga yerga egalik qilish uchun huquqiy hujjatlar olishda yordam bergan.
Faoliyati 2015-yildan boshlab, Roma Education Fund grantini olib, oʻqishini davom ettirgach, Byelova aktivistlik bilan faol shugʻullana boshlagan. Dastlab mahalliy loʻlilar tashkilotida ijrochi direktor sifatida ishlagan va loʻlilar uchun taʼlim, bandlik hamda huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan 20 dan ortiq loyihani amalga oshirgan.
2019-yilda Byelova femitsidga urinish — jinsga asoslangan hujumdan omon qolgan: bir erkak uni uyi kirish qismida pichoq bilan hujum qilgan. Keyinchalik Zaporijjya viloyati politsiyasi uning boshqa ayollarga ham hujum qilgan ketma-ket jinoyatchi qurboni boʻlganini aniqlagan.
2020-yilda Byelova loʻli ayollar tashkiloti „Voice of Romni“ni tashkil etgan va Ukraina Ayollar kongressining hududiy vakiliga aylangan, Ukrainada gender tengligi hamda ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilishni faol targʻib qilmoqda. Rossiya-Ukraina urushi kuchayganidan soʻng, tashkilot gumanitar yordam koʻrsatish va Ukrainadagi ichki koʻchirilgan rom ayollariga yordam berishga eʼtibor qaratdi.
EVZ fondi maslahat kengashi hamda Ukraina Davlat etnik siyosat va vijdon erkinligi xizmati (DESS) huzuridagi 2030-yilgacha rom milliy ozchiligining huquq va imkoniyatlarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, Anjelika AQSh elchixonasining IVLP dasturi bitiruvchisi hamdir. Manbalar
Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:Ukrainalik femistlar