Eglė Jurgaitytė (1998-yil 24-yanvarda, Vilnyus shahrida tugʻilgan) litvalik qoʻshiqchi va radio boshlovchiVaikų „Eurovizijoje“ sužibėjusi Eglė Jurgaitytė — apie perdegimą, patirtas patyčias ir darbą su „Žalgiriu“. 10 yoshida Jurgaitytė Yevrovision bolalar qoʻshiq tanlovi 2008 da Litva nomidan ishtirok etib, 3-oʻrinni egallagan.

Faoliyati Eglė Jurgaitytė 2002-yilda, atigi toʻrt yoshida, qoʻshiqchilik faoliyatini boshlagan. 2007 va 2008-yillarda Jurgaitytė Litva Milliy radio va televideniyesi isteʼdodlar shousi — „Mažųjų žvaigždžių ringas 3“ („Kichik yulduzlar arenasi 3“) da qatnashib, finalga chiqdi.

2008-yilda u Yevrovision bolalar qoʻshiq tanlovi 2008 uchun Litvaning milliy saralash bosqichida gʻolib chiqdi va tanlovda Litva nomidan ishtirok etdi. Finalda u oʻzining „Laiminga diena“ () qoʻshigʻini ijro etib, 3-oʻrinni egalladi.

2010-yilda u TV3 loyihasi „Chorų karai“da („Clash of the Choirs“ning litvacha formati) ishtirok etdi va u yerda Vilnyusning ikkinchi poytaxt xori yetakchisi boʻldisupermuzika.lt. Eglė Jurgaitytėning produseri mashhur N. E.O. vokalisti Raigardas Tautkus.

2018-yilda u „The Voice“ning litva talqinida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi.

2021-yildan boshlab, Eglė Jurgaitytė basketbolga oid „Žalgiris“ nomli radio dasturini va ertalabki shouni ZIP FMda olib boradiIš viešumos dingusi vaikų „Eurovizijos“ dalyvė E. Jurgaitytė užaugo ir atvėrė širdį, ką dabar veikia.

2022-yildan Eglė Jurgaitytė YouTubedagi „Laisvės TV“ („ozodlik TV“) telekanalida „Tiek žinių“ („Shuncha yangilik“) veb-serialini olib boradi. 2023-yildan boshlab Jurgaitytė Žalgiris TV kanalida basketbol yangiliklarini taqdim etmoqdaIspanijoje mokyklą baigęs Giedraitis: kartais net nežinodavau, kokioje pamokoje sėdžiu.

Yana qarang Yevrovision bolalar qoʻshiq tanlovida Litva Yevrovision bolalar qoʻshiq tanlovi 2008

Manbalar

Havolalar

Turkum:Litvalik ayol qoʻshiqchilar